Ipoteka-bankdan universal UZCARD talaba kartasining ishga tushirilishi: O‘zbekiston talabalari uchun qulaylik va imkoniyat

OTP guruhiga kiruvchi Ipoteka-bank UZCARD milliy to‘lov tizimi bilan hamkorlikda talabalar uchun maxsus yaratilgan yangi universal talaba kartasini ishga tushirganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Ushbu zamonaviy karta nafaqat to‘lov kartasi vazifasini bajaradi, balki ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Ipoteka-bankdan UZCARD talaba kartasining asosiy xususiyatlari:

Tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar: Talabalar do‘konlarda va internetda xaridlarni oson amalga oshirishlari mumkin.

Jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash: ATTO transport kartasining barcha imkoniyatlari ushbu kartaga joylashtirilgan – karta egasi unga talabalar tariflarini yuklab olishi va imtiyozli narxlarda jamoat transportidan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu karta egasi uchun o‘tish tarifi mavjud bo‘lib, ikkinchi safar arzonroq, keyingi safarlar esa bir soat davomida butunlay bepul bo‘ladi.

Yotoqxonalar, kutubxonalar va sport majmualariga kirish: talabalar o‘quv muassasalari va ularning infratuzilmasiga kirish uchun kartadan foydalanishlari mumkin.

Omonatlar va elektron hamyonlarni ochish: mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri karta orqali boshqarish imkoniyati.

Foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazmalari: oson va tez amalga oshirish.

Barcha turdagi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish: istalgan joydan turib o‘z moliyaviy mablag‘larini to‘liq nazorat qilish imkoniyati.

Kartaning amal qilish muddati 5 yil bo‘lib, uning barcha funksiyalari va afzalliklaridan uzoq vaqt foydalanish imkonini beradi. Kartani rasmiylashtirish butunlay bepul. Kartani ochish, shuningdek, batafsil ma’lumot olish uchun talabalar Ipoteka-bank filiallariga murojaat qilishlari mumkin.

«Biz talabalarning hayotini yanada qulay va oson qilishga intilamiz. Bizning universal talaba kartamiz – zamonaviy bank xizmatlarini o‘quvchilarning kundalik hayotiga singdirish yo‘lidagi qadamdir,» – deya ta’kidladi Karimdjanov Akmaljon, Ipoteka-bank Mahalliy to‘lov tizimlari bilan ishlash departamenti direktori.

UZCARD – O‘zbekistonning yetakchi milliy to‘lov tizimlaridan biri bo‘lib, uning operatori «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy maqsadi – milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy ravishda izlash, ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish hamda fintex sanoati sohasida xizmatlar ko‘lamini kengaytirishdan iborat.

«Ipoteka-bank» ATIB O‘zbekistonning yetakchi moliya muassasalaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ipoteka yechimlari va chakana kredit xizmatlari bozorida peshqadam sifatida, biz butun mamlakat bo‘ylab ham jismoniy shaxslar, ham korxonalar uchun moliyaviy o‘sishga ko‘maklashish va rivojlanish imkoniyatlarini yaratishga intilamiz.

Call-Center: 1257

Sayt: uzcard.uz

Facebook: fb.com/uzcard

Instagram: @uzcard.uz

Telegram: t.me/uzcard