«YUPM» AJ bino tomiga o‘rnatiladigan harflardan iborat reklama konstruksiyasini tayyorlash xizmatini ko‘rsatuvchi yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Tanlov bosqichlari:

  1. Buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlab, 2024-yil 11-dekabrgacha tanlov hujjatlari doirasida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etadi.
  2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar to‘plamini tayyorlab, buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar to‘plamini taqdim etish muddati 2024-yil 20-dekabr soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi ekspertlar bilan hamkorlikda 2024-yil 25-dekabrgacha olingan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligini texnik jihatdan baholaydi.
  4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar so‘rovini yuboradi va Ishtirokchi o‘zining yakuniy narx taklifini 2024-yil 27-dekabrgacha taqdim etadi.
  5. Tanlov natijalari 2025-yil 10-yanvargacha tasdiqlanadi va shartnoma imzolanadi.

Tijorat takliflari 2024-yil 20-dekabr soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

– to‘ldirilgan texnik talablar jadvali (1-shakl);

– tijorat taklifi (2-shakl);

– shartnomaning asosiy talablarini o‘z ichiga olgan KTS fayli (3-shakl).

Ishtirokchilar havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.