UZCARD O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga bag‘ishlangan Evolution 2024 konferensiyasining ishtirokchisiga aylandi. Tadbir iste’dodli kadrlar va mutaxassislarni shakllantirish hamda rivojlantirishda HR bo‘limining rolini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.
UZCARD kompaniyasining o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha rahbari Stanislav Velichko «Iste’dodlarni rivojlantirish. UZCARD tajribasi» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. U Unicorn amaliyot dasturi haqida so‘zlab, bunday tashabbuslarning yuqori malakali mutaxassislar va kelajak yetakchilarini shakllantirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
So‘nggi yillarda kompaniya o‘z jarayonlariga innovatsion texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy etishga e’tiborni sezilarli darajada kuchaytirdi. Bu fintech sohasining jadal rivojlanishi sharoitida muhim jihat hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish doirasida UZCARD xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish yo‘nalishlarini faol rivojlantirmoqda. Bu esa samarali jamoalarni shakllantirish va bozordagi yetakchi o‘rinlarni mustahkamlashga yordam beradi. Evolution 2024 konferensiyasi kabi tadbirlarda ishtirok etish UZCARD’ning iste’dodlarni boshqarishda zamonaviy yondashuvlarga sodiqligini va O‘zbekistonda korporativ ta’lim hamda kasbiy rivojlanish sohasida yetakchi bo‘lishga intilishini ko‘rsatib beradi. Konferensiya doirasida korporativ va onlayn ta’lim, HR jarayonlarida sun’iy intellektni qo‘llash, shuningdek, kompaniyalarning muvaffaqiyatli tajribalari va tajriba almashish kabi muhim masalalar muhokama etildi. Ishtirokchilar tez o‘zgarayotgan sharoitlarga moslashtirilishi mumkin bo‘lgan xalqaro yondashuvlar va yechimlarni o‘zaro baham ko‘rishdi.
Konferensiya O‘zbekistonda faol olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va raqamlashtirish jarayonlari fonida o‘tkazildi. Bu esa iste’dodlarni o‘qitish va boshqarish usullarini qayta ko‘rib chiqish naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatdi. Tadbirning asosiy maqsadi HR-mutaxassislari va biznes rahbarlariga nafaqat o‘zgarishlarga moslashish, balki innovatsiyalar, ta’lim va rivojlanish orqali inson kapitalining o‘sishiga hissa qo‘shib, biznesni yangilashning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishlariga yordam beradigan bilim va vositalarni taqdim etishdan iborat edi.