UZCARD “Manzillar yaqinroq” aksiyasi amal qilish muddatini uzaytirdi

Hurmatli foydalanuvchilar!

“Manzillar yaqinroq” aksiyasi amal qilish muddati 2025 yil 31 martgacha choʻzdirilganini ma’lum qilamiz.

Jamoat transportida yoʻl haqini UZCARD kartalari bilan toʻlashda davom eting va har bir qatnov uchun 1000 soʻm chegirma oling! Aksiyada Oʻzbekiston Respublikasining har qanday banki tomonidan chiqarilgan 5614*, 6262*, 5440*, 8600* indeksli barcha UZCARD bank kartalari ishtirok etadilar.

«Manzillar yaqinroq« aksiyasi quyidagi shaharlarda amal qiladi: Yangiyoʻl, Termiz, Qarshi, Samarqand, Zarafshon, Buxoro, Urganch, Xiva, Nukus, Andijon, Namangan, Qoʻqon, Guliston, Angren, Jizzax va Fargʻona.

Chegirmalardan foydalanish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni 1257 raqami orqali bilib olishingiz mumkin.