18 mart kuni «Jar» stadionida UZCARD milliy to‘lov tizimi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O`zPFL) o‘rtasida shartnomalar imzolandi. Ushbu strategik hamkorlik professional ligalardan tortib yoshlar akademiyalari va hududiy klublargacha bo‘lgan milliy futbolni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan.
Futbol oddiy sport turidan tashqariga chiqib, ijtimoiy hayotning ajralmas qismiga, turli avlod va ijtimoiy guruhlardan bo‘lgan insonlarni birlashtiruvchi qudratli omilga aylangan. O‘zbekistonning yetakchi fintech kompaniyasi UZCARD uchun futbolni qo‘llab-quvvatlash mamlakat kelajagiga strategik sarmoya hisoblanib, sport infratuzilmasini rivojlantirish va yosh iste’dodlar uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
«Futbolni qo‘llab-quvvatlash biz uchun alohida ahamiyat kasb etadi, chunki bu nafaqat sport, balki yoshlarni rivojlantirish, kuchli ruh va jamiyat birligini shakllantirishning qudratli vositasidir. O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlikda biz O‘zbekistonda sport an’analarini mustahkamlashga va sportchilar uchun yangi istiqbollarni ochishga intilamiz,» – deya ta’kidladi UCMG bosh direktori David Melekidze.
Hamkorlik doirasida UZCARD 2027-yilgacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) bosh homiysi va 2025 va 2026-yilgi mavsumlarda O‘zbekiston Professional futbol ligasining (O‘zPFL) rasmiy hamkori sifatida faoliyat yuritadi. Homiylik milliy terma jamoa, Superkubok, shuningdek, O‘zbekiston futbol ligasining barcha darajadagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladi.
«Bu biz uchun ham katta rag‘bat va muvaffaqiyat. UZCARD kompaniyasi mamlakatda futbolni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi va har doim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Kompaniya bir necha yildan beri e’tibor qaratmoqda, ligamiz bilan aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Uzoq va muvaffaqiyatli hamkorlikka umid qilamiz,» – dedi O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev.
«UZCARD ko‘magi tufayli biz samaradorlikni oshirish va jamoalarimiz darajasini yuksaltirishni rejalashtirmoqdamiz. Yaqin uch yillik yaqin hamkorlikda yangi muvaffaqiyatlar sari tinimsiz harakat qilamiz,» – deya ta’kidladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov.
UZCARD Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi 35 ta tijorat banki va 33 ta to‘lov agregatorini birlashtirib, mamlakatda ekvayring, protsessing va raqamli hisob-kitoblar ishini ta’minlaydi. Kompaniya raqamli to‘lovlar, innovatsion xizmatlarni rivojlantiradi va moliyaviy operatsiyalar uchun ishonchli infratuzilmani ta’minlaydi.
________________________________________________________________________________
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) mamlakatda futbolni boshqarishning bosh idorasi bo‘lib, sportni rivojlantirish va ommalashtirish, milliy va xalqaro musobaqalarni tashkil etish, terma jamoalarni tayyorlash va futbol infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) klublar o‘rtasidagi turnirlarni, jumladan Superliga, O‘zbekiston kubogi va Pro-ligani o‘tkazish, shuningdek, professional futbolni rivojlantirish, stadionlarni modernizatsiya qilish va mamlakat futbol sanoatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun mas’uldir.
UZCARD – O‘zbekistonning milliy to‘lov tizimi bo‘lib, kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy ravishda izlash, ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish xizmatlarini modernizatsiya qilish va fintech sanoati sohasidagi xizmatlarni kengaytirishdan iborat.
Sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard