UZCARD da 07.04.2025 soat 02:00 dan 04:00 ga qadar profilaktika

«Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ, 2025 yil 7-aprel kuni soat 02:00 dan 04:00 gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli UZCARD infratuzilmasida ATMlarda, E-POS, POS terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar, UZCARD infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyj kartalariga xizmat ko‘rsatilishida uzilishlar ehtimoli haqida ma’lum qiladi.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.