Toshkent, 2025-yil aprel oyi — 16—18-aprel kunlari UZCARDning Yagona umumrespublika protsessing markazi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadigan va fintech va bank sanoatining yetakchi vakillarini birlashtirgan Bank&Business Expo 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.
UZCARD stendida – yangi avlod toʻlov yechimi
Tez QR — QR kod orqali kontaktsiz toʻlov, barcha ishtirokchi banklar bilan ishlaydigan, xaridlar uchun kartasiz yoki naqd pulsiz toʻlovni amalga oshirish imkonini beruvchi universal tezkor toʻlov tizimi — kamera va internetga ega har qanday smartfonning oʻzi yetarli.
Tizim allaqachon butun mamlakat boʻylab oʻn minglab chakana savdo nuqtalariga integratsiya qilingan va tez, xavfsiz va shaffof toʻlovlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi – koʻchadan olinadigan qahvadan tortib to onlayn xaridlargacha.
Ko‘rgazma o‘tkaziladigan kunlar davomida tashrif buyuruvchilar nafaqat mahsulotlar bilan tanishish, balki UZCARD tomonidan uyushtirilgan maxsus o‘yinda ishtirok etib, UZCARDdan qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyatiga ega: 2 ta yangi iPhone 16 va maxsus quvvat banklar.
O‘yinda ishtirok etish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:
1. Flayerni UZCARD stendida yoki kompaniya vakilidan oling;
2. Tez QR orqali xaridingiz uchun to‘lovni amalga oshiring;
3. Yirtib berilgan chiptadagi chek raqami va sanasini ko‘rsating;
4. Chipta va chekni UZCARD stendidagi shaffof lototron (lotereya barabani) ga soling;
5. UZCARD stendidagi o‘yinda ishtirok etish uchun 17 yoki 18 aprel kunlari ko‘rgazmaga tashrif buyuring.
Flayer yordamida Tez QR orqali to‘lov amalga oshirilganda ko‘rgazmaning umumiy ovqatlanish zonasida bor-yo‘g‘i 1000 so‘mga kofe xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu chek orqali iPhone va quvvat banklar lotereyasida ham ishtirok etish mumkin.
Yechimlar taqdimotidan tashqari, UZCARD ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasidagi panel muhokamasida ishtirok etadi.
UZCARD Axborot xavfsizligi departamenti direktori Andrey Shishkin quyidagi mavzu bo‘yicha ikkinchi panel muhokamasida so‘zga chiqadi:
“To‘lov tizimlari, blokcheyn, raqamli valyutalarning kelajagi, kiber tahdidlar”.
Asosiy e’tibor to‘lov texnologiyalarini rivojlantirish, kiberxavfsizlik muammolari va raqamli iqtisodiyot kelajagi ssenariylariga qaratilgan.
UZCARDning muhokamada ishtirok etishi kompaniyaning milliy to‘lov infratuzilmasini shakllantirishdagi ahamiyati va axborot xavfsizligi sohasidagi tajribasini tasdiqlaydi.