Hurmatli mijozlar!
Ayni paytda bank kartalarining muomalaga chiqarilishi bo‘yicha profilaktika ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz. Ushbu holat yangi arizalarni ko‘rib chiqishda kichik kechikishlarga olib kelishi mumkin.
Kartani muomalaga chiqarishda ilgari yuzaga kelgan texnik qiyinchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Boshqa barcha xizmatlar, jumladan, hisob operatsiyalari va tranzaksiyalarni amalga oshirish odatdagidek ishlamoqda.
Yaqin kunlarda kartani muomalaga chiqarish jarayoni to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Barcha o‘zgarishlar va ishlarning borishi haqida o‘z vaqtida xabar berib turamiz.