UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

UZCARD oʻz mijozlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratib, oʻzining premium mahsulotlar qatorini rivojlantirishda davom etmoqda.

UZCARD SHERDOR kartalari emissiyasi MKBANKda yoʻlga qoʻyildi: karta bank boʻlinmalari va shoxobchalarida rasmiylashtirish uchun tayyor.

UZCARD SHERDOR – bu alohida xizmat sifati, qulaylik va eksklyuziv imtiyozlardan foydalanishni qadrlaydiganlar uchun karta.

SHERDOR karta egalari quyidagilarga ega boʻlishadi:

• Toshkent xalqaro aeroportining CIP zalidan bepul foydalanish – yiliga to‘rt martagacha;
• Restoranlar, go‘zallik salonlari, xususiy klinikalar, brend do‘konlar va gul do‘konlarida 20% gacha shaxsiy chegirmalar;
• Yetakchi brendlarning sheriklik takliflari, jumladan, Bistecca, PASADO, BeFit SALATERIA, DIVAN, Ashley Furniture HomeStore, Uzbek Flowers va boshqalar.

SHERDOR kartalari egalari uchun hamkorlar va imtiyozlar soni doimiy ravishda kengayib bormoqda, bu UZCARDning o‘z mijozlariga faqat eng yaxshi yechimlarni taklif qilish istagini aks ettiradi.

MKBANK bilan kartaning ishga tushirilishi UZCARD ning premium segmentni rivojlantirish va har bir mijozga g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini mustahkamlash strategiyasidagi navbatdagi qadamdir.

UZCARD SHERDOR kartasini olish uchun MKBANK filiallariga va sayt orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Karta va amaldagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot sherdor.uzcard.uz saytida mavjud.