MAZZA Food & Music Festivali natijalari: UZCARD Tez QR foydalanuvchilari uchun sovrinli o‘yin o‘tkazdi

2025-yilning 9-11-may kunlari Toshkentdagi UZEXPO markazning yozgi maydonida bahor faslining eng yirik gastronomik tadbirlaridan biri bo‘lgan MAZZA Food & Music Festivali bo‘lib o‘tdi. Uch kun davomida festival maydonlariga 18 mingdan ortiq mehmonlar tashrif buyurdi. Festival kechki soat 16:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilib, unda DJ va xonandalar ishtirokidagi musiqiy dasturlar, dam olish hudulari va fotozonalar hamda turli taomlar burchaklari o‘z o‘rinlarini topdilar.

Tadbirning bosh hamkori UZCARD festivalda Tez QR to‘lov yechimini taqdim etdi. Mehmonlar bank ilovasi orqali – savdo nuqtasidagi hamkorlardan olingan oziq-ovqat va ichimliklar uchun to‘lovni POS-terminalda noyob QR kodni skanerlash orqali amalga oshirish texnologiyasidan faol foydalandilar. Tez QR ko‘plab mehmonlar tashrif buyuradigan faol maydon sharoitida qulay va tezkor vosita ekanligini isbotladi.

Ikki kun davomida 2 ta iPhone 16 smartfoni, 4 ta JBL Flip 6 portativ kolonkalari va 4 juft Apple AirPods Pro simsiz quloqchinlari taqdim etildi. Tomoshabinlar o‘rtasida interaktiv tanlovlar ham oʻtkazildi, ularda g‘olib bo‘lganlarga UZCARD brendlangan mahsulotlari sovgʻa qilindi.

«Biz uchun muhimi, bu nafaqat texnologiyalar haqida gapirish, balki insonlarga ularni amalda sinab ko‘rish imkoniyatini berishdir. MAZZA Tez QR va Moment kartalari o‘zining qulayliligini isbotlagan platformaga aylandi: bir necha daqiqada ro‘yxatdan o‘tish, bir bosqichda to‘lovni amalga oshirish. Mana shu biz qurayotgan raqamli muhitning mohiyatidir», – deya ta’kidladi mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish direktori Aziz Abdug‘aniyev.

_____________________________________________________________________________

UZCARD – O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi bo‘lib, kompaniyaning asosiy maqsadi milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy izlash, rivojlantirish va takomillashtirish, zamonaviy xizmatlarni modernizatsiya qilish va fintech sanoati sohasida xizmatlarni kengaytirishdan iborat.

Veb-sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard