UCMG Amsterdamda boʻlib oʻtayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech koʻrgazmasida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadi

UCMG Amsterdamda boʻlib oʻtayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech koʻrgazmasida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadi

2025-yilning 3-5-iyun kunlari Amsterdamda moliyaviy texnologiyalar sohasidagi eng yirik Yevropa forumi — Money 20/20 Europe bo‘lib o‘tmoqda, unda UCMG kompaniyalar guruhi (UZCARD Management Group) birinchi marta taqdim etilmoqda. Mazkur qadam mamlakatning xalqaro maydonga chiqishi va jahon moliya ekotizimidagi roli mustahkamlanishi ramzidir.

Amsterdamdagi stendda UCMG kompaniyalar guruhi oʻzini raqamli toʻlov yechimlari, Open Banking vositalari, bank xizmatlari va infratuzilma texnologiyalarini oʻzida mujassam etgan oʻzbek fintechning markaziy platformasi sifatida koʻrsatadi. UCMG xalqaro hamkorlar uchun kirish nuqtasi boʻlib, Oʻzbekistonda xorijiy fintech mahsulotlarini ishga tushirish va moslashtirish uchun qulay ekotizimni taklif etadi. Forum ishtirokchilariga milliy raqamli iqtisodiyotga integratsiyalashuv uchun real imkoniyatlar taqdim etiladi — toʻlov yechimlari va karta xizmatlaridan tortib kengaytiriladigan APIlargacha.

Ishtirok etishdan maqsad xorijlik hamkasblar va ekspertlarga texnologik barqarorlik, keng foydalanish imkoniyati va bank sektori bilan faol integratsiyaga asoslangan zamonaviy to‘lov infratuzilmasini yaratishga O‘zbekistonning yondashuvini namoyish etishdan iborat.

UZCARD protsessing, kartalarni chiqarish, ekvayring, bankomatlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yechimlarni, shuningdek, QR to‘lovlaridan tortib biznes, yoshlar, talabalar va mintaqaviy foydalanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlargacha bo‘lgan innovatsiyalarni taqdim etadi. Xususan, Oʻzbekiston moliya bozori barqarorligini va hamkor tashkilotlar uchun ochiq imkoniyatlarni taʼminlovchi toʻlov tizimining arxitekturasi tavsiflangan.

Stendda ATTO – O‘zbekistonning raqamli transport tizimiga alohida e’tibor qaratilgan. ATTO shahar infratuzilmasida yagona platformadan foydalangan holda jamoat transportida to‘lov va boshqaruvni avtomatlashtirishni ko‘rsatadi. Maqsad transportni raqamlashtirishning muvaffaqiyatli modelini ulashish va uni samarali urbanizm va texnologik harakatchanlikka intilayotgan boshqa mamlakatlarga taklif qilishdir.

Stendda xalqaro sotuvchilar va potensial hamkorlar ishtirokida taqdimotlar, maslahatlashuvlar va biznes muzokaralar o‘tkaziladi. Money 20/20 Europeda ishtirok etish O‘zbekistonning iqtisodiyotni raqamli transformatsiyalash bo‘yicha real yutuqlarini namoyish etish, global o‘yinchilar bilan tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkonini beradi.

Forum mamlakatning xalqaro mavqeini oshirishda muhim bosqichga aylanib bormoqda va mintaqada zamonaviy to‘lov infratuzilmasini shakllantirishda UZCARD va boshqa UCMG vakillarining roli ortib borayotganini ta’kidlaydi.