Farg‘onada «Uzcard Express» xizmat ko‘rsatish ofisi ochilyapti

2025-yil 28-iyundan Farg‘ona shahrida birinchi Uzcard Express xizmat ko‘rsatish ofisi ish boshlaydi, bu yerda bank kartalarini ochish, POS-terminallarni xarid qilish, bankomat orqali naqd pul yechish, shuningdek, raqamli to‘lovlar bo‘yicha maslahatlar olish mumkin bo‘ladi. Bu “banksiz” segment vakillariga tez, qulay va bank filialiga tashrif buyurmasdan UZCARD ekotizimiga ulanish imkonini beruvchi to‘laqonli infratuzilmani yaratish yo‘lidagi qadamdir.

Uzcard Express – shunchaki savdo nuqtasi emas, balki foydalanuvchi bank kartasini olishi, uni faollashtirishi, mavjud xizmatlar bilan tanishishi, biznes uchun terminalni ulashi yoki mutaxassisga savollar berishi mumkin bo‘lgan ixcham markazdir. Bu yerda hamkor banklarning mahsulotlari, terminal uskunalari va ARCA, CDTI va BTECH kompaniyalarining zamonaviy to‘lov vositalari taqdim etiladi.

Ekspress formatda taqdim etiladigan birinchi mahsulot lahzali emissiya uchun mo‘ljallangan bank mahsuloti Moment kartasi bo‘ladi. Uni atigi 5 daqiqada olish mumkin: identifikatsiya va faollashtirish hamkor bank ilovasi – Universalbank va Davr bank orqali amalga oshiriladi. Kelajakda punktdagi takliflar doirasi kengaytiriladi.

Ekspress format mahsulotni tanlashda yordam berishga tayyor bo‘gan o‘qitilgan jamoani nazarda tutadi, barcha bosqichlarda – sotib olishdan tortib to sozlashgacha foydalanuvchi bilan maslahatlashish va unga hamrohlik qilish. Ofis bankomat, multikiosklar va biznes namoyish maydoni bilan jihozlanadi.

Farg‘ona viloyati aholi zichligi va tez, qulay to‘lov yechimlariga bo‘lgan talabi tufayli tajriba hududi sifatida tanlandi. Ochilish kunida ulanish jarayoni namoyishi, UZCARD tijorat direktorining nutqi va loyiha jamoasining maslahatlari bo‘lib o‘tadi. Markaziy bank vakillari, hamkor tashkilotlar, hududiy OAV vakillari va blogerlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Uzcard Express loyihasi to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishdagi yangi qadam bo‘lib, unda UZCARD va hamkor banklar asosiy moliyaviy xizmatlarni mijozga yanada yaqinroq va qulayroq qilish uchun kuchlarini birlashtiradi. Ushbu format nafaqat moliyaviy xizmatlardan foydalanishni soddalashtiradi, balki kichik va mikrobiznesning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tishni rag‘batlantiradi. Bunday yondashuv bankka murojaat qilmagan yoki yechim izlashga vaqt sarflamagan holda raqamli vositalarni keng doiradagi foydalanuvchilar uchun qulay va tushunarli qiladi.