Alif mobil ilovasi 2025-yilning 7-iyulidan 30-sentabriga qadar aksiya o‘tkazmoqda: uning doirasida foydalanuvchilar xaridlar uchun to‘lovlarni Tez QR orqali amalga oshirganda keshbek oladilar va avtomatik ravishda har oyda o‘tkaziladigan, 5 grammlik oltin quyma o‘yinida qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tez QR orqali amalga oshirilgan har bir tranzaksiya uchun to‘lov summasining 3% miqdorida keshbek beriladi. Keshbek 24 soat ichida foydalanuvchining shaxsiy keshbek kartasiga kelib tushadi. Keshbekning maksimal miqdori oyiga 50 000 so‘m.
Bir kalendar oyi davomida kamida beshta muvaffaqiyatli QR to‘lovini amalga oshirgan foydalanuvchilar oltin quymasini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Soddalik, tezlik va xavfsizlikni o‘zida mujassam etgan QR to‘lov formati kundalik hayotda tobora keng tarqalmoqda va Alif kabi xizmatlarning birgalikdagi tashabbuslari uni yanada ommabop qilmoqda.
Aksiya qoidalari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib olishingiz mumkin.