Dunyo bo‘ylab 1500 dan ortiq lounge-zonalar endi sizning SHERDOR kartangizda

Endi UZCARD SHERDOR premium kartasi egalari butun dunyo bo‘ylab — Toshkentdagi Anjir biznes zali va Samarqanddagi CIP Lounge dan tortib, Yevropa, Osiyo, Rossiya va butun dunyoning eng yirik aeroportlaridagi 1500 dan ortiq biznes zallarga kirish huquqiga ega bo‘ldilar.

Ushbu imtiyoz Every Lounge platformasi bilan hamkorlikda joriy qilinib, SHERDOR egalari uchun yangi darajadagi xizmatni taqdim etadi: parvozni kutish uchun barcha qulayliklarga ega maxsus zonalar. Umumiy kutish zalidan farqli o‘laroq, lounge-larda kengroq o‘rindiqlar, bepul Wi-Fi, shved stoli va ko‘pincha tinch va sokin muhit taklif etiladi.

Kirishni faollashtirish

Xizmatdan foydalanish uchun SHERDOR kartasini Every mobil ilovasida bir marta bog‘lash kifoya.
Muhim: Kartani bog‘lash jarayonida vaqtincha 1000 so‘m yechib olinadi, bu mablag‘ ro‘yxatdan o‘tish muvaffaqiyatli tugagach, avtomatik tarzda kartaga qaytariladi. Shu sababli kartada yetarli mablag‘ bo‘lishi kerak.

Lounge-zonaga tashrif buyurish uchun mijoz Every ilovasida tashrif buyuriladigan zalni tanlab, QR-kod oladi va uni ro‘yxatdan o‘tish joyida taqdim etadi. Shundan so‘ng, qo‘shimcha to‘lov yoki tasdiqlarsiz kirish ta’minlanadi.

SHERDOR — bu sayohatning yangi formati, unda siz qulaylik va vaqtingizga hurmatni tanlaysiz.

Batafsil ulanish yo‘riqnomasi bu yerda.