Tarmoq ekranlarini konfiguratsiyalash va o‘zgartirishni boshqarish vositasini xarid qilish bo‘yicha tender takliflarini qabul qilishning soʻnggi kuni 2025-yil 22-avgustgacha uzaytiriladi
Tender o‘tkazish bosqichlari:
- Funksional texnik talablarni Buyurtmachi tayyorlaydi. Hujjatlar kompaniya saytida mavjud. E’lon qilingan sana– 07.08.2025.
- Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 2025-yil 19-avgust soat 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) taqdim etadi.
- Takliflarni baholash 2025-yil 22-avgustgacha amalga oshiriladi.
- Muzokaralarning ikkinchi raundi 2025-yil 26-avgustgacha o‘tkaziladi.
- Tender natijalarini tasdiqlash va shartnoma imzolash 2025-yil 4-sentyabrgacha amalga oshiriladi.
Tijorat takliflari hujjatlar to‘plami bilan 2025-yil 19-avgust soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Qo‘riqlash boshqarmasi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– Texnik talablar (Technical requirements);
– Umumiy egalik qiymati (TCO) (ilova qilingan excel shakliga muvofiq, imzosiz va muhrsiz);
– Shartnomaning Asosiy Shartlari bilan to‘ldirilgan fayl (excel formatida ilova qilingan shaklga muvofiq).
Ishtirokchilar to‘ldirish kerak bo‘lgan barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini quyidagi havoladan yuklab olishlari mumkin.