Agrobank UZCARD SHERDOR premium kartalarini chiqarishni boshlamoqda

Agrobank UZCARD SHERDOR kartalarini emissiya qilishni boshlagan oltinchi bankdir. Ushbu karta O‘zbekistonda va uning tashqarisida keng ko‘lamdagi imtiyozlarga yo‘l ochadi hamda mijozlar uchun moliyaviy va kundalik qulaylikning yangi standartini shakllantiradi.

SHERDOR kartasi egalari uchun mamlakatning yetakchi restoranlari, zamonaviy klinikalari, fitnes markazlari va studiyalarida, shuningdek, ko‘chmas mulk, transport va premium segmentdagi do‘konlarda maxsus shart-sharoitlar amal qiladi.
SHERDOR servislarining afzalligi shundaki, ular mijozlarga faqatgina to‘lov qilish emas, balki kartadan kundalik hayotda foydalanishda haqiqiy manfaatga ega bo‘lish imkonini beradi.

SHERDOR kartasining asosiy ustunliklari qatorida — dunyo bo‘ylab 1500 dan ortiq aeroportlardagi CIP-zallarga Every Lounge dasturi orqali kirish bo‘lib, bu yerda har bir safar qulaylik va e’tibor muhitida boshlanadi. Karta egalari shuningdek yuqori maqomdagi Ultima Yandex Go platformasida, baland reytingli haydovchilar va biznes klassdagi avtomobillarda premium darajadagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Shu tariqa, SHERDOR kartasi moliyaviy xizmatlar va zamonaviy hayot uslubini birlashtirgan holda, mijoz atrofida to‘liq qulaylik va maqom tizimini shakllantiradi.

Karta haqida batafsil ma’lumot olish va uni rasmiylashtirish uchun Agrobankning barcha filiallariga yoki Agrobank rasmiy veb-saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Barcha imtiyozlar va banklar haqida to‘liq ma’lumot: sherdor.uzcard.uz saytida.