UZCARDdan “Omad Mavsumi” aksiyasidagi birinchi sovrinlar o‘yinlari 2025-yil 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi

Biz 1-avgust 2025-yilda boshlangan va 31-oktabr 2025-yilgacha davom etadigan UZCARDdan “Omad mavsumi” aksiyasining birinchi bosqichi yakunlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

2025 yilning 1-avgustidan 31-avgustigacha onlayn xaridlar qilgan hamda 50 000 so‘mdan boshlab o‘tkazmalar amalga oshirgan barcha ishtirokchilarga noyob ID-kodlar berildi. Har bir ishtirokchi o‘z imkoniyatlari uchun ID-kodlarni aksiyaning rasmiy botidagi “Imkoniyatlarni tekshirish” -> “ID-kodlarni tekshirish” menyusi orqali ko‘rishi mumkin.

Berilgan ID-kodlar 2025-yil 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan birinchi bosqich sovrinlar o‘yinida qatnashadi. Jarayonni UZCARDning Instagramdagi rasmiy sahifasida, YouTubeda yoki aksiyaning saytida jonli efir orqali kuzatish mumkin. Translyatsiya Toshkent vaqti bilan 19:00 dan 20:00 gacha davom etadi.

Birinchi bosqichda quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:

  • 10 mln so‘mlik pul sertifikati – 2 ta;
  • Ikki kishilik Tailanddagi Phuket oroliga yo‘llanma – 1 ta.

Imkoniyat to‘plashga ulgurmaganlar tushkunlikka tushmasin. Siz hali ham keyingi ikki bosqichda ishtirok etib, aksiyaning bosh sovrini — yangi BYD Yuan UP elektromobilini yutib olishingiz mumkin. Buning uchun UZCARD kartalari orqali 50 000 so‘mdan boshlab onlayn to‘lovlar qiling, kartadan kartaga o‘tkazmalarni amalga oshiring va imkoniyat to‘plang. To‘plangan imkoniyatlarni https://t.me/UZCARD_promo_bot havolasi orqali aksiyaning rasmiy botida tekshirishingiz mumkin.

Aksiya uch bosqichda o‘tkaziladi: 1–31-avgust, 1–30-sentabr va 1–31-oktabr 2025-yil. Har bir bosqich shartlarni bajargan ishtirokchilar o‘rtasida sovrinlar o‘yini bilan yakunlanadi. Finalda esa 15 va undan ortiq imkoniyat to‘plaganlar bosh sovrin uchun kurashadi.

Har bir bosqich doirasida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi: ikki kishilik sayohat: avgust — Phuket oroli, sentabr — Fukuok oroli, oktyabr — Maldiv orollari; har oyda 10 million so‘mlik 2 ta pul sertifikati.

Bosh sovrin — BYD Yuan UP elektromobili — finalda eng faol ishtirokchilar o‘rtasida o‘ynaladi.

UZCARD an’anaviy tarzda sovrinlarni topshirish bilan bog‘liq barcha soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Batafsil shartlar, kerakli hujjatlar ro‘yxati, shuningdek, sovrinlarni olish muddati va tartibi haqida ma’lumot promo.uzcard.uz saytida mavjud.