2025 yil 10 sentabrda UZCARD dan «Omad mavsumi» aksiyasining birinchi bosqichi sovrinlar o‘yini o‘tkazilib, unda birinchi qimmatbaho sovrinlarning egalari aniqlandi.
Tomoshabinlar o‘yin jarayonini Instagramdagi UZCARD rasmiy sahifasida yoki aksiyaning rasmiy saytida jonli efirda kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. Translyatsiya mobaynida yozib olingan videoni YouTubeda ko‘rish mumkin. Komissiya a’zolari raqamlarni barabandan olish orqali g‘oliblarning ID-raqamlarini aniqladilar.
Birinchi bosqichda quyidagi sovrinlar o‘ynaldi:
10 million so‘mlik 2 ta sertifikat;
Tailanddagi Phuket oroliga Ikki kishilik yo‘llanma.
Natijalar quyidagicha:
- ID-kod: 25317787211, karta raqami: 5614 68XX XXXX 5052 – 10 mln so‘m;
- ID-kod: 25028303578, karta raqami: 8600 53XX XXXX 5775 – 10 mln so‘m;
- ID-kod: 25887830115, karta raqami: 8600 57XX XXXX 9535 – Phuket oroliga ikki kishilik yo‘llanma
An’anaga ko‘ra, UZCARD sovrinlarni topshirish bilan bog‘liq barcha soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. G‘oliblarni yana bir bor tabriklaymiz!
Kompaniya vakillari tez orada g‘oliblar bilan Rasmiy Qo‘llab-quvvatlash xizmati raqami: +998 (71) 200 28 28 dan bog‘lanadilar.
Birinchi bosqichda imkoniyat to‘plashga ulgurmagan foydalanuvchilarimiz tushkunlikka tushishlari kerak emas. Siz hali ham qolgan ikki bosqichda ishtirok etishingiz, va hatto aksiyaning bosh sovrini — yangi BYD Yuan UP elektromobilini yutib olishingiz mumkin. Buning uchun UZCARD kartalari orqali 50 000 so‘mdan boshlab onlayn-to‘lovlar qiling, kartadan kartaga o‘tkazmalarni amalga oshiring va imkoniyat to‘plang. To‘plangan imkoniyatlarni aksiyaning rasmiy Telegram-botida (https://t.me/UZCARD_promo_bot) tekshirishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, aksiya uch bosqichdan iborat: 1–31-avgust, 1–30-sentabr, 1–31-oktabr 2025-yil. Har bir bosqich oxirida sovrinlar shartlarni bajargan ishtirokchilar o‘rtasida o‘ynaladi. Finalda esa 15 ta va undan ko‘p imkoniyat to‘plaganlar bosh sovrin uchun kurashadi.
Har bir bosqich doirasida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi: ikki kishilik sayohat: avgust — Phuket oroli, sentabr — Fukuok oroli, oktyabr — Maldiv orollari; har oyda 10 million so‘mlik 2 ta pul sertifikati.
Bosh sovrin — BYD Yuan UP elektromobili — eng faol ishtirokchilar o‘rtasida finalda o‘ynaladi.
Batafsil shartlar, kerakli hujjatlar ro‘yxati, shuningdek, sovrinlarni olish muddati va tartibi haqida ma’lumot promo.uzcard.uz saytida mavjud.