15–17-sentabr kunlari UZCARD to‘lov tizimi nufuzli xalqaro Money20/20 Middle East fintex ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu yilgi tadbir Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Kompaniya hamkor maqomida qatnashib, O‘zbekistonni raqamli moliya sanoatining jahon yetakchilari orasida munosib tarzda taqdim etmoqda.
Ishtirok UCMG kompaniyalar boshqaruv guruhi faoliyati doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur guruh xalqaro maydonda o‘zini namoyon qilgan bo‘lib, joriy yilning iyun oyida Amsterdamda o‘tkazilgan Money20/20 Europe ko‘rgazmasida ilk bor O‘zbekiston nomidan open banking, raqamli to‘lovlar va mamlakat bo‘ylab to‘liq qamrovga ega milliy to‘lov tizimi bo‘yicha innovatsion yechimlarni taqdim etdi.
Yaqin Sharq bozoriga chiqish global ishtirokni kengaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim strategik qadamdir.
“Money20/20 Middle East ko‘rgazmasida ishtirok etish bizning global harakatning bir qismi bo‘lish va O‘zbekistonda allaqachon amalga oshirilgan loyihalar bilan o‘rtoqlashish strategiyamizni aks ettiradi. Biz ochiq, shaffoflik, texnologik va integratsiyaga asoslangan ekotizimni barpo etmoqdamiz. Biz rivojlantirayotgan open banking modeli o‘zining real infratuzilmadagi qo‘llanilishi va mamlakat tashqarisida ham kengaytirishga tayyorligi bilan tasdiqlangan. Bugun biz xalqaro hamkorlikni kengaytirish, strategik ittifoqlarni yo‘lga qo‘yish va boshqa davlatlarning moliyaviy tizimlarini kuchaytirishga qodir yechimlarni joriy etishga e’tibor qaratmoqdamiz”, — dedi David Melikidze, UCMG MChJ bosh direktori.
UZCARD global maydonga aniq missiya bilan chiqmoqda: O‘zbekiston — bu nafaqat rivojlanayotgan bozor, balki o‘zining fintex texnologiyalari, rivojlangan to‘lov arxitekturasi va global ta’sir ko‘rsatish ambitsiyalariga ega mamlakat ekanini ko‘rsatish.
Sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard