UZCARD yangi yil korporativ sovg‘alarini hamkorlarga tarqatish uchun xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

Tender bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Tanlov hujjatlari doirasida ishtirokchiga taqdim etiladi – 19/09/2025;
  2. Potensial yetkazib beruvchi tanlov hujjatlari paketini 25/09/2025 soat 14:00 gacha (shu jumladan) tayyorlaydi;
  3. Potensial yetkazib beruvchi namunalarni 02/10/2025 gacha (shu jumladan) taqdim etadi;
  4. Ishtirokchilar takliflarini tahlil qilish va baholash – 08/10/2025 gacha;
  5. Yakuniy narxlarni so‘rash – 10/10/2025 gacha;
  6. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomalarni tuzishni boshlash – taxminan 17/10/2025 gacha.

To‘lov valyutasi – so‘m.

Hisob-kitob tartibi: 50/50% 10 (o‘n) ish kuni ichida

Mas’ul shaxs:

Xayitalieva Nargiza – xaridlar bo‘limi.

E-mail: Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz

Tel: +998 97 890 53 54

Tender hujjatlari 2025 yil 25 sentyabr kuni soat 14:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz manziliga qabul qilinadi.

25.09.2025 yilgacha potensial yetkazib beruvchi yuqoridagi e-mail manziliga ushbu tenderda ishtirok etish uchun ariza yuborishi tavsiya etiladi (erkin shaklda).

Tanlov hujjatlarini olish uchun quyidagi havola ustiga bosing.