UZCARD kompaniyasi milliy to‘lov tizimi foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash va naqd pulsiz to‘lovlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Omad mavsumi” aksiyasining ikkinchi bosqich o‘yinini o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Aksiya ikkinchi bosqichi 2025-yil 1-sentyabrdan 30-sentyabrga qadar davom etdi. Ko‘rsatilgan davrda 50 000 so‘mdan boshlab onlayn xarid va o‘tkazmalarni amalga oshirgan ishtirokchilar to‘plagan barcha imkoniyatlarga avtomatik ravishda noyob ID-kodlar biriktirilgan. ID-kodlarni aksiyaning rasmiy Telegram-botida — “Imkoniyatlarni tekshirish” → “ID-kodlarni tekshirish” bo‘limida ko‘rish mumkin.
Ikkinchi bosqich o‘yini 2025-yil 9-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirning jonli efiri UZCARDning rasmiy Instagram va YouTube sahifalarida, shuningdek promo.uzcard.uz saytida namoyish etiladi.
Translyatsiya boshlanishi — soat 15:00 (Toshkent vaqti).
Ikkinchi bosqichda 10 000 000 so‘m nominaldagi ikki dona pul sertifikati va Fukuok (Vyetnam) oroliga ikki kishilik sayohat uchun yo‘llanma o‘ynaladi.
Aksiya davomida kamida 15 ta imkoniyat to‘plagan ishtirokchilar yakuniy o‘yinda ishtirok etadilar. Yakuniy sovrin — zamonaviy BYD Yuan UP elektromobili.
Birinchi bosqichlarda qatnashishga ulgurmaganlar uchinchi bosqichga qo‘shilishlari mumkin. U 2025-yil 1–31-oktabr kunlari davom etadi. UZCARD kartalaridan 50 000 so‘mdan boshlab amalga oshirilgan har qanday onlayn to‘lov bitta imkoniyat, kartadan-kartaga o‘tkazmalar esa ikki baravar imkoniyat beradi. To‘plangan imkoniyatlar sonini @UZCARD_promo_bot Telegram-botida tekshirish mumkin.
Aksiya uch bosqichda o‘tkaziladi:
- 1–31-avgust — pul sovrinlari va **Pxuket (Tailand)**ga sayohat o‘yini;
- 1–30-sentyabr — pul sovrinlari va **Fukuok (Vyetnam)**ga sayohat o‘yini;
- 1–31-oktabr — pul sovrinlari va Maldiv orollariga sayohat o‘yini;
- finalda — BYD Yuan UP elektromobili.
Har bir bosqich ishtirok shartlarini bajargan qatnashchilar o‘rtasida jonli efirdagi o‘yin bilan yakunlanadi.
UZCARD an’anaviy tarzda sovrinlarni topshirish bilan bog‘liq barcha soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Aksiyaning batafsil shartlari, sovrinlarni olish tartibi va zarur hujjatlar ro‘yxati saytda mavjud:
promo.uzcard.uz