UZCARD to‘lov tizimi va AFIN kompaniyasi O‘zbekistonda to‘lov vositalarini marshrutlash va tokenizatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda Open Banking elementlarini joriy etish bo‘yicha strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Hujjat tomonlarning kelajakdagi moliyaviy servislarning xavfsizligi, moslashuvchanligi va mobilligini oshiradigan yangi texnologik arxitekturani birgalikda barpo etishga tayyor ekanini mustahkamlaydi.
Gap tokenizatsiya asosidagi yangi avlod kartalarini ishga tushirish haqida ketmoqda — bunda kartaning haqiqiy rekvizitlari noyob raqamli identifikator (token) bilan almashtiriladi. Token to‘lovda qo‘llaniladi, karta ma’lumotlari esa uzatilmaydi, bu esa onlayn va oflayn to‘lovlarda buzilishlar va ma’lumotlar sizib chiqishi xatarini sezilarli kamaytiradi.
Loyiha Markaziy Osiyoda kartalarni keng ko‘lamda tokenizatsiya qilish bo‘yicha ilk tashabbuslardan biri bo‘lib, yangi avlod raqamli to‘lovlar ekotizimini shakllantirishga yo‘l ochadi.
Kelajakdagi kartalarning o‘ziga xos jihatlaridan biri — mustaqil (agnostik) arxitektura: bitta to‘lov vositasi (karta, stiker, bilaguzuk yoki istalgan form-faktor) qayta chiqarish va qayta bog‘lashsiz turli banklar, mobil hamyonlar va moliyaviy ilovalar bilan ishlashi mumkin. Foydalanuvchi avval chiroyli 16 xonali karta raqamini (token) tanlaydi, so‘ng bankni tanlab ulaydi.
Tokenlar tufayli foydalanuvchilar ma’lumotlar maksimal himoyasida ko‘proq erkinlik va qulaylikka ega bo‘ladilar: token ma’lum qurilma yoki ilovaga biriktiriladi va yovuz niyatli shaxslar undan boshqa joyda foydalana olmaydi.
O‘z navbatida, biznes va banklar UZCARD infratuzilmasi bo‘ylab to‘lovlarning xavfsizligi, barqarorligi va o‘zaro mosligi darajasining oshishiga erishadilar.
UZCARD va AFIN o‘rtasida memorandum imzolanishi mamlakat fintex infratuzilmasi rivojida yangi qadam bo‘lib, O‘zbekistonning moliyaviy sektorini xalqaro standartlar asosida innovatsiyalar va raqamli transformatsiya yo‘nalishida rivojlantirish kursini tasdiqlaydi.
Tomonlar izohlari
- Melikidze, “UCMG” MChJ boshqaruvchi kompaniyasi bosh direktori (YUPM):
« UZCARD to‘lov tizimi naqd pulsiz to‘lovlarning xavfsizligi va qulayligiga izchil sarmoya kiritib kelmoqda. AFIN bilan tokenizatsiya yo‘nalishidagi hamkorlik innovatsiyalarni joriy etishni tezlashtiradi va eng yaxshi amaliyotlarni butun UZCARD tarmog‘i bo‘ylab massiv miqyosda qo‘llash imkonini beradi». - Usarov, AFIN direktori:
« AFIN uchun bu strategik qadam: biz bozorga tezkor, xavfsiz va texnologik yechimlarni taqdim etish uchun ekspertiza va infratuzilmani birlashtirmoqdamiz. UZCARD bilan birgalikda banklar, biznes va foydalanuvchilar uchun yangi servislar poydevorini yaratamiz. Shuningdek, ochiq API orqali startap loyihalar bilan integratsiya qilish va yorqin innovatsion mahsulotlar yaratish maqsadida hamkorlikka tayyormiz».
Kompaniyalar haqida:
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (YUPM) — O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov operatsiyalari protsessingini ta’minlovchi UZCARD to‘lov tizimi.
AFIN – zamonaviy moliyaviy texnologiyalar yechimlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan innovatsion texnologik kompaniya (www.afin.tech).