UZCARD marketing tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadida agentlik xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

UZCARD jamoasi Sizni qutlaydi, ishlaringizga muvaffaqiyat tilaydi va quyidagilarni ma’lum qiladi!

Tender g‘olibi bilan 1 yil muddatga (2025–2026) hadli kelishuv tuziladi. Yil davomida bir nechta tadbirlar rejalashtirilgan.

Tanlov bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Ular 20.10.2025 yil sanasida tender hujjatlari tarkibida Ishtirokchiga taqdim etiladi
  2. 27.10.2025 yil sanasigacha potensial yetkazib beruvchiga ushbu tenderda ishtirok etishini tasdiqlash tavsiya etiladi. Ariza erkin shaklda quyida ko‘rsatilgan e-mail manziliga yuboriladi.
  3. Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar 28.10.2025 yil sanasigacha yozma ravishda e-mail orqali yuborilishi lozim. Javoblar 30.10.2025 yil sanasigacha taqdim etiladi.
  4. Potensial yetkazib beruvchi 31.10.2025 yil (shu kuni ham kiradi) muddatiga qadar tender hujjatlari paketini tayyorlaydi.
  5. Ishtirokchilar takliflarini tahlil qilish va baholash — 07/11/2025 gacha.
  6. Yakuniy narxlarni so‘rab olish — 11/11/2025 gacha
  7. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnoma tuzishni boshlash — taxminan 14/11/2025 yilgacha

To‘lov valyutasi: so‘m (UZS);

Hisob-kitob tartibi: buyurtma imzolanganidan keyin 10 (o‘n) ish kuni ichida 50% oldindan to‘lov va bajarilgan ishlar dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni ichida qolgan 50% to‘lanadi.

Mas’ul shaxs:

Raximov Kozimjon — xaridlar bo‘limi.

E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz

Mob.: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2025-yil 31-oktabr kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti) elektron shaklda Kozim.Rakhimov@uzcard.uz manziliga qabul qilinadi.

27.10.2025 sanasigacha potensial yetkazib beruvchiga tenderda ishtirokini tasdiqlashi tavsiya etiladi. Ariza erkin shaklda quyidagi e-mail manziliga yuboriladi.

Tanlov hujjatlarini olish uchun quyidagi havolaning ustiga bosing.