25 oktabr kuni JAR stadionida Bank Futbol Ligasi 2025 — mamlakatning yetakchi banklari jamoalarini birlashtiradigan har yili o‘tkaziladigan kuzgi turnir — start oldi. Tashkilotchi: FootballCorp, turnir hamkori: UZCARD.
Bu yil musobaqada o‘tgan mavsumlarning doimiy ishtirokchilari bo‘lgan 10 ta bank qatnashmoqda. O‘yinlar ikki guruhda o‘tkaziladi, final 15-noyabrga rejalashtirilgan.
Har yili FootballCorp moliya hamjamiyatini futbol maydonlarida jamlaydi: bahorda banklar, to‘lov tizimlari va IT-kompaniyalari ishtirok etadigan “FinTech League” o‘tkaziladi, kuzda esa faqat bank jamoalari uchun mo‘ljallangan Bank Ligasi estafetani qabul qiladi.
Ushbu mavsumda quyidagi 10 jamoa maydonga tushadi: Hayot Bank, Markaziy Bank, Kapitalbank, BRB Bank, Turonbank, SQB, OFB, Trastbank, Octobank, NBU — ular yuqori darajadagi raqobat va murosasiz kurashni ta’minlaydi.
UZCARD loyiha hamkori sifatida sovrin jamg‘armasini ta’minlaydi hamda banklar muhitida korporativ sport va sog‘lom raqobatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.