UZCARD kompaniyasi keng qamrovli “Omad mavsumi” aksiyasining birinchi mavsumi yakunlarini e’lon qildi: mavsumning uchinchi va yakuniy o‘yinlari UZCARD YouTube kanalida, aksiyaning rasmiy saytida va Instagram sahifasida jonli efirda o‘tkazildi.
Birinchi mavsum g‘oliblari aniqlandi — 10 mln so‘m miqdoridagi ikki dona pul sertifikati, Maldiv orollariga yo‘llanma, hamda bosh sovrin — BYD Yuan UP elektromobili o‘z egalarini topdilar.
Uchinchi va yakuniy bosqichlar yakunlariga ko‘ra sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha:
ID-kod: 26141616075, karta raqami: 8600 06XX XXXX 0024 – 10 mln so‘m;
ID-kod: 25219100728, karta raqami: 5614 68XX XXXX 5979 – 10 mln so‘m;
ID-kod: 26384750306, karta raqami: 5614 68XX XXXX 6859 – Maldiv orollariga yo‘llanma;
ID-kod: 25690856540, karta raqami: 8600 12XX XXXX 2346 – BYD Yuan UP elektromobili.
Birinchi mavsum yakunlanishi bilanoq ikkinchi mavsumga start berildi — u 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha davom etadi va uchta bosqich hamda final o‘yinini o‘z ichiga oladi. Yangi mavsumning mukofot jamg‘armasi yanada kattalashib, 1 milliard so‘mni tashkil etdi. Ishtirokchilarni har oylik yangi o‘yinlar va final kutmoqda, unda 50 mln va 200 mln so‘m nominaldagi pul sertifikatlari g‘oliblari aniqlanadi.
Ishtirok etish shartlari oddiy: UZCARD kartalaridan 50 000 so‘mdan boshlab istalgan onlayn to‘lov (xarid, o‘tkazma yoki xizmatlar uchun to‘lov) yutuq uchun imkoniyat beradi. Muntazam kommunal to‘lovlar (shuningdek, 50 000 so‘mdan boshlab) eng ko‘p imkoniyat beradi — ular uchun biryo‘la uchta imkoniyat beriladi.
Ikkinchi mavsumda imkoniyatlar hisoblash qoidalari:
- kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lov — 3 ta imkoniyat;
- UZCARD kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar (P2P) — 2 ta imkoniyat;
- tovar va xizmatlar uchun onlayn to‘lov hamda Tez QR orqali — 1 ta imkoniyat.
Har oyda 25 mln va 100 mln so‘m nominaldagi ikkitadan pul sertifikatlari o‘ynaladi, ikkinchi mavsum finalida esa bosh sovrinlar — 50 mln va 200 mln so‘m.
Mavsum yakuniy o‘yinida ikkinchi mavsum davrida 15 va undan ortiq imkoniyat to‘plaganlarning barchasi ishtirok etadi.
UZCARD kompaniyasi an’anaviy tarzda sovrinlarni topshirish bilan bog‘liq barcha soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
“Omad mavsumi” davom etmoqda — oldinda yangi o‘yinlar, yangi g‘oliblar va quvonch uchun yangi sabablar!
Batafsil ma’lumotni aksiya botida yoki rasmiy saytda bilib olish mumkin.