«UZCARD» kompaniyasi «Hududlar uchun korporativ merch xaridi» loyihasi bo‘yicha yetkazib beruvchini tanlash Tanlovini e’lon qiladi

Tanlovni o‘tkazish bosqichlari

  1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va 04/12/2025 sanasida tanlov hujjatlari tarkibida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi
  2. Potensial yetkazib beruvchi tanlov hujjatlari to‘plamini 2025-yil 9-dekabr soat 14:00 dan kechiktirmay (shu vaqtni ham hisobga olgan holda) tayyorlab taqdim etishi kerak
  3. Potensial yetkazib beruvchi namunalarni 15/12/2025 sanasiga qadar (shu muddatni ham hisobga olgan holda) taqdim etadi
  4. Ishtirokchilarning takliflarini tahlil qilish va baholash 17/12/2025 sanasiga qadar amalga oshiriladi
  5. Yakuniy narxlar bo‘yicha so‘rov 19/12/2025 sanasiga qadar amalga oshiriladi
  6. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomalar tuzishni boshlash taxminan 25/12/2025 sanasiga qadar rejalashtirilgan

Hisob-kitob valyutasi:

– mahalliy hamkorlar uchun – UZS;

Hisob-kitob tartibi: 100% keyingi to‘lov.

Mas’ul xodim:

Nargiza Xayitaliyeva — Xaridlar departamenti.

E-mail: Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz

Mob.: +998 (71) 202 11 18 (1045)

Tender hujjatlari 2025-yil 9-dekabr kuni soat 14:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz manziliga qabul qilinadi.

Tender hujjatlarini olish uchun havola ustiga bosing.