UZCARD “Omad mavsumi” aksiyasi ikkinchi mavsumining birinchi bosqichida 250 mln so‘m yutuq o‘ynaldi

9-dekabr kuni “Omad mavsumi” aksiyasining ikkinchi mavsumi doirasida ilk yutuqli o‘yin bo‘lib o‘tdi. UZCARD’ning YouTube kanalida, promo.uzcard.uz saytida hamda UZCARDning Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli efirda translyatsiya qilingan ushbu o‘yinda ikkinchi mavsumning birinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi.

Ishtirokchilar o‘rtasida quyidagi sovrinlar o‘ynaldi:
• 25 000 000 so‘mlik ikkita sertifikat;
• 100 000 000 so‘mlik ikkita sertifikat.

Bosqich davomida foydalanuvchilar tomonidan to‘plangan barcha imkoniyatlar avtomatik tarzda yutuqli o‘yinda ishtirok etdi. ID-kodlar oldindan imkoniyatlarga biriktirilgan bo‘lib, ularni rasmiy Telegram-bot: @UZCARD_promo_bot orqali tekshirish mumkin.

Yutuqli o‘yinda birinchi mavsum g‘oliblari ham ishtirok etib, yangi bosqich qatnashchilarini qo‘llab-quvvatladilar va o‘yin jarayonini kuzatib bordilar.

Quyida aksiyaning ikkinchi mavsum birinchi bosqichi sovrindorlari ro‘yxati keltirilgan:
026570375456 – 5614 68** **** 4346 – 25 mln so‘m
026496453786 – 5440 81** **** 4210 – 25 mln so‘m
026497745599 – 8600 06** **** 5198 – 100 mln so‘m
026494478134 – 6262 57** **** 9059 – 100 mln so‘m

“Omad mavsumi” aksiyasi davom etmoqda. Oldinda yana ikkita bosqich va ikkinchi mavsumning final yutuqli o‘yini bor. Unda mavsumning eng yirik sovrinlari — 50 000 000 so‘m va 200 000 000 so‘m pul mablag‘lari o‘z egalariga topshiriladi.

Imkoniyatlarni hisoblash tizimi o‘zgarmaydi. 50 000 so‘mdan boshlab:
— kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lov evazigaga 3 ta imkoniyat;
— UZCARD kartasidan pul o‘tkazma uchun 2 ta imkoniyat;
— onlayn harid, xizmatlar uchun onlayn to‘lov hamda Tez QR orqali to‘lov uchun 1 ta imkoniyat beriladi.

50 000 so‘mdan boshlangan har bir operatsiya ishtirokchining imkoniyatlari sonini oshiradi. To‘plangan barcha imkoniyatlar Telegram-botda aks etadi: https://t.me/UZCARD_promo_bot.

“Omad mavsumi” davom etmoqda — oldinda yangi yutuqli o‘yinlar, yangi ishtirokchilar va yangi omadlar bor.