UZCARD infratuzilmasida profilaktik ishlar yakunlandi

«Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ 2026-yil 9-yanvar kuni soat 13:02 dan 13:20 gacha o‘tkazilgan rejadan tashqari profilaktik ishlar yakunlanganini ma’lum qiladi.

Bankomatlar (ATM), E-POS va POS-terminallar faoliyati, UZCARD infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlari kartalarining ishlashi, shuningdek kobeydjing kartalarning xorijda ishlashi to‘liq tiklandi va hozirda odatdagi (shtat) rejimda faoliyat yuritmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.