UZCARD va Beelab UZCARD PAY kontaktsiz toʻlov servisini ishga tushirdi

Beelab UZCARD bilan hamkorlikda UZCARD PAY kontaktsiz toʻlov servisini ishga tushirdi va ilk bor Android asosidagi smartfonlardan UZCARD kartalari uchun NFC toʻlovini taqdim etdi. Servis tokenlashdan foydalanadi, bu esa qoʻshimcha xavfsizlik darajasini ta’minlaydi va firibgarlik xavfini kamaytiradi.

Xizmatdan foydalanish uchun Beepul mobil ilovasida UZCARD bank kartasini ulash va smartfonni kontaktsiz toʻlovni qoʻllab-quvvatlaydigan POS-terminalga ulash kerak. Shunday qilib, mobil qurilma toʻlaqonli toʻlov vositasiga aylanib, kundalik vaziyatlarda toʻlovlarning tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi.

Xizmatni ishlab chiqishda toʻlov ma’lumotlarini himoya qilish va tranzaksiyalar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratildi. Toʻlov vaqtida bank kartasi ma’lumotlari uzatilmaydi va saqlanmaydi – ularning oʻrniga maxsus raqamli kod (token) ishlatiladi. Bu firibgarlik xavfini kamaytiradi va foydalanuvchi ma’lumotlarining qoʻshimcha himoyasini ta’minlaydi.

“Endi Beepul ilovasida UZCARD PAY yordamida foydalanuvchilarimiz doʻkonlar, kafelar, transport va boshqa savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida xaridlarni jismoniy kartadan foydalanmasdan tez va qulay tarzda toʻlashlari mumkin. Har doim qoʻl ostida boʻlgan smartfon toʻlaqonli toʻlov vositasiga aylanadi. Bunda, tranzaksiyalar xavfsizligi bizning ustuvor vazifamiz boʻlib qolmoqda: kontaktsiz toʻlov paytida bank kartasi ma’lumotlari uzatilmaydi va saqlanmaydi, bu esa xizmatning ishonchliligini kafolatlaydi”, – ta’kidlab oʻtdi “Beelab” AJ direktori Anatoliy Pavlinov.

“UZCARD kartalari foydalanuvchilari qulay va zamonaviy toʻlov usullarini tanlay olishlari biz uchun muhim ahamiyatga ega. UZCARD PAY ishga tushirilishi bilan smartfon kundalik hayotga xoh xaridlar, xoh transport yoki xizmat koʻrsatish boʻlsin osongina mos keladigan yana bir odatiy toʻlov vositasiga aylanmoqda. Shu bilan birga, operatsiyalar xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilish UZCARD toʻlov tizimining asosiy ustuvor yoʻnalishlari boʻlib qolmoqda”, urgʻu berdi UCMG bosh direktori David Melikidze.

Birinchi bosqichda servis Beepul mobil ilovasida mavjud. Kelgusida UZCARD PAY UZCARD toʻlov tizimi ishtirokchilarining boshqa ilovalarida ham ishga tushirilishi rejalashtirgan.

Bugungi kunda butun mamlakat boʻylab UZCARD tarmogʻidagi 100 mingdan ortiq POS-terminallar NFC texnologiyasini qoʻllab-quvvatlamoqda, bu esa UZCARD PAYni Oʻzbekistonning keng savdo-servis tarmogʻida ommabop qiladi.

 

Beelab haqida

Beelab 2018-yil 19-fevralda tashkil etilgan oʻzbek fintech kompaniyasi, Beeline Uzbekistan (VEON Ltd.) operatorining shoʻba korxonasi. Kompaniya raqamli moliyaviy mahsulotlarni, shu jumladan Beepul xizmatini ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi, banklar va moliya tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi.

UZCARD Oʻzbekistonning milliy toʻlov tizimi boʻlib, uning asosiy faoliyati milliy toʻlov biznesi sohasida mahsulotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, zamonaviy servislarni modernizatsiya qilish va fintech sanoati sohasidagi servislarni kengaytirishga qaratilgan.

Sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard

Beepul’ni AppStore va GooglePlay orqali yuklab oling.