Tez QR yanada qulayroq bo‘lmoqda: terminalda — yangi ilovalarda istalgan karta bilan to‘lov

UZCARD to‘lov tizimi hamkor to‘lov tashkilotlari bilan birgalikda QR-kod orqali naqdsiz to‘lovlar xizmatini izchil rivojlantirib bormoqda. VIA, Beepul va Click SuperApp mobil ilovalarida HUMO kartalaridan foydalangan holda Tez QR texnologiyasi orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy etildi.

Mazkur yangilanish doirasida foydalanuvchilar Tez QR orqali to‘lovlarni amalga oshirishda mablag‘ yechish manbasi sifatida UZCARD va HUMO kartalaridan birini tanlashlari mumkin. To‘lovni amalga oshirish uchun POS-terminaldagi QR-kodni skanerlash va operatsiyani smartfon orqali mobil ilovada tasdiqlash kifoya bo‘lib, bunda jismoniy kartadan foydalanish talab etilmaydi.

UZCARD tomonidan taqdim etilayotgan Tez QR xizmati tezkor, qulay va xavfsiz QR-kod asosidagi naqdsiz to‘lovlarni ta’minlab, turli to‘lov vositalarini yagona raqamli ekotizimda birlashtiradi. HUMO kartalarining ulanishi mobil ilovalarning funksional imkoniyatlarini kengaytirib, foydalanuvchilar uchun kundalik to‘lovlarni yanada qulay qiladi.

Tez QR xizmatini rivojlantirish, shuningdek amal qiluvchi kartalar va to‘lov yechimlari ro‘yxatini bosqichma-bosqich kengaytirish UZCARD va uning texnologik hamkorlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xizmat haqida batafsil ma’lumot — tezqr.uzcard.uz.