UZCARD’dan «Omad mavsumi» aksiyasining ikkinchi mavsumi yakunlanmoqda: oldinda final o‘yini kutmoqda

UZCARD’dan «Omad mavsumi» aksiyasining ikkinchi mavsumi o‘z marrasiga yaqinlashmoqda. Mavsumning uchta bosqichi yakuniga ko‘ra, yirik pul sertifikatlari o‘ynaldi va butun mamlakat bo‘ylab ishtirokchilar o‘zlarining munosib sovrinlarini qo‘lga kiritdilar. Ikkinchi mavsumning uchta bosqichi davomida UZCARD jami 800 000 000 so‘mlik mukofot jamg‘armasini o‘ynadi.

28-fevralgacha (shu kuni ham) final o‘yinida ishtirok etish uchun imkoniyatlar to‘plash mumkin.

Imkoniyatlar soni quyidagicha shakllanadi:

  • 1 ta chek = 1 ta imkoniyat — tovarlar, xizmatlar uchun onlayn to‘lov hamda Tez QR orqali to‘lov qilganda;
  • 1 ta chek = 2 ta imkoniyat — kartadan kartaga pul o‘tkazganda;
  • 1 ta chek = 3 ta imkoniyat — kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lov qilganda.

Aynan muntazam kommunal to‘lovlar ishtirokchilarga g‘alaba uchun eng ko‘p imkoniyat taqdim etadi. 28-fevraldan so‘ng imkoniyatlar hisoblanishi to‘xtatiladi.

Ikkinchi mavsumning final o‘yinida asosiy pul mukofotlari — 50 va 200 million so‘m sohiblari aniqlanadi.

Final o‘yinining sanasi UZCARD’ning rasmiy manbalarida qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. Yangiliklarni promo.uzcard.uz saytida, shuningdek, kompaniyaning Instagram va YouTube’dagi rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

An’anaga ko‘ra, UZCARD kompaniyasi sovrinlarni topshirish va olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hamda soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Agar imkoniyatlaringizni oshirishni rejalashtirgan bo‘lsangiz — hozir ayni vaqti.