UZCARDning 2026-yil 1-chorak (Q1 2026) bo‘yicha Iste’molchilar sodiqligi indeksi (NPS) yuzasidan hisobot

2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha B2C mijozlari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida UZCARDning iste’molchilar sodiqligi indeksi (NPS) 79,5 ni tashkil etdi, bu esa foydalanuvchilar ishonchining yuqori darajasi hamda ijobiy mijoz tajribasini ko‘rsatadi.

NPS (Net Promoter Score) mijozlarning xizmatni tavsiya etishga tayyorlik darajasini aks ettiradi va tarafdorlar ulushi (9–10 baholar) hamda tanqidchilar ulushi (0–6 baholar) o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi.

Mijozlar xulq-atvori

Asosiy foydalanish ssenariylari:

  • Do‘konlarda xaridlar uchun to‘lov qilish — 72%
  • Naqd pul yechib olish — 71%
  • P2P o‘tkazmalari — 61%
  • Kommunal xizmatlar va servislar uchun to‘lov qilish — 56%
  • Onlayn xaridlar — 39%

Servis ishonchliligi

So‘nggi 6 oy davomida foydalanuvchilarning 95%i UZCARDdan foydalanishda muammolarga duch kelmagan, bu esa tizimning barqarorligini hamda infratuzilmaning Respublika bo‘ylab yuqori yuklamalarga tayyorligini tasdiqlaydi.

Kamdan-kam uchraydigan qiyinchiliklar sifatida quyidagilar qayd etilgan:

  • o‘tkazmalarning vaqtinchalik kechikishi
  • ayrim hollarda to‘lovlarning qabul qilinmasligi
  • ayrim savdo nuqtalarida cheklovlarning mavjudligi

Kompaniya mazkur omillarni inobatga oladi hamda servis sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda.

Rivojlanish yo‘nalishlari

Mijozlar fikr-mulohazalari asosida UZCARD quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirmoqda:

  • tranzaksiyalar barqarorligini oshirish
  • xavfsizlikni kuchaytirish
  • qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish
  • mijozlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish

Metodologiya

Tadqiqot 2026-yil 1-chorakda B2C segmentidagi 400 nafar respondent o‘rtasida o‘tkazildi.
NPS bahosi xizmatni 0 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha tavsiya etishga tayyorlik haqidagi savolga berilgan javob asosida hisoblab chiqildi.

NPSning yuqori ko‘rsatkichi mijozlarning barqaror ishonchini hamda tanlangan rivojlanish yo‘nalishining samaradorligini tasdiqlaydi. UZCARD foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari va ularning amaldagi foydalanish ssenariylariga tayangan holda servisni takomillashtirishni davom ettirmoqda.