“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) qulaylik, imtiyozlar va moslashtirilgan xizmatni qadrlaydigan mijozlar uchun premium mahsulot – UZCARD SHERDOR kartasini taqdim etdi.
Karta kundalik to‘lovlar qulayligini karta egasi uchun qo‘shimcha imtiyozlar bilan birlashtiradi. Mijozlar Toshkent xalqaro aeroportidagi CIP zaliga, butun dunyo bo‘ylab Phoenix Pass zallariga kirish, Yandex Go Ultima Premier’da maxsus narxlarda qatnov qilish, va hamkorlarning maxsus takliflari va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlariga egalar.
SQB’dan yangi taklifning asosiy xususiyatlaridan biri karta noyob raqamini tanlash imkoniyatidir. Rasmiylashtirish jarayonida mijozlar ma’lum tarif reja doirasida mavjud bo‘lgan raqamlar kombinatsiyasini tanlashlari mumkin. Xariddan so‘ng tanlangan raqam doimiy ravishda karta egasiga biriktiriladi.
Karta an’anaviy abonent to‘lovini talab qilmaydi. Buning o‘rniga mijoz karta raqamini tanlash va uni shaxsiylashtirish asosida belgilangan tarif reja uchun to‘lov qiladi.
Kartani masofadan turib SQB mobil ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Bunda, ilovada karta raqamini tanlash va kartani rasmiylashtirish shartlari bilan tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun sqb.uz va uzcard.sherdor.uz saytlariga tashrif buyuring.
Sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard