UZCARD avtomatik akseptsiz yechib olish xizmatidan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda: endi kartada har doim qoldiq saqlanadi

UZCARD to‘lov tizimi avtomatik akseptsiz yechib olish xizmatini foydalanuvchilar uchun yanada shaffof va tushunarlik bo‘lishi uchun yangilamoqda.

2026-yil 15-apreldan boshlab banklar tomonidan akseptsiz yechib olishlardan foydalanilganda minimal kamaytirilmaydigan qoldiq joriy etiladi — kartada har doim kamida 3 ta bazaviy hisoblash miqdori (BHM) saqlanadi. Bu shuni anglatadiki, yechib olish endi balansni nolga tushirmaydi: operatsiyalar faqat belgilangan chegaradan ortiq bo‘lgan mablag‘ doirasida amalga oshiriladi.

Akseptsiz yechib olishlar odatda karta egalarining banklar va boshqa moliyaviy institutlar oldidagi majburiyatlarini (masalan, kreditlar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va boshqa majburiyatlar) so‘ndirish uchun qo‘llaniladi, bu esa ushbu mexanizmni to‘lov intizomining muhim qismiga aylantiradi.

O‘zgarishlar UZCARD to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan.

*Ushbu shartlar Bank tomonidan mijozdan olingan va OTP tasdiqlangan karta rekvizitlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

UZCARD bank-ishtirokchilar bilan birgalikda zarur texnik yangilanishlarni allaqachon joriy etgan.

UZCARD. Qulay yashang.