Hamkorlikning maqsadi – hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, toʻlov mexanizmini takomillashtirishga oid muammolarni hal qilish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, jumladan, bank va transport kartalari chiqarilishini koʻpaytirish, toʻlov xizmatlari bozorida zamonaviy yondashuvlar va yechimlarni joriy etishdan iborat.
Ikki kompaniyaning oʻziga xos tajriba va imkoniyatlari birlashtirib, toʻlov texnologiyalarini joriy etishda yangi bosqichga aylanadigan yorqin va innovatsion loyihalarni yaratish rejalashtirildi.