«YUPM» AJ UZCARD kompleks tushlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tender e’lon qiladi

Tenderning bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning veb-saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 30.04.2024-yil.
  2. Potensial yetkazib beruvchi, Buyurtmachi bilan kelishuviga koʻra, 10.05.2024-yilgacha xizmatlar koʻrsatish hududi bilan tanishishi mumkin.
  3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 13.05.2024-yil Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha taqdim etadi.
  4. Takliflarni baholash – 17.05.2024-yilgacha amalga oshiriladi.
  5. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 22.05.2024-yilgacha.
  6. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 29.05.2024-yilgacha.

Toʻlov valyutasi – soʻm;

Toʻlovni amalga oshirish tartibi: ishlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma har oy rasmiylashtirilgandan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida toʻlov amalga oshiriladi.

Mas’ul shaxs:

Raximov Kozimjon – Xaridlar boʻlimi.

Elektron pochta manzili:  Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Telefon: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2024-yil 13-may kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda, Kozim.Rakhimov@uzcard.uz pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Tender hujjatlarini olish uchun bu yerga bosing.