«YUPM» (UZCARD) MChJ kompyuter uskunalari bilan ta’minlash boʻyicha tender e’lon qiladi

Tender bekor qilindi.

Tenderning bosqichlari:

  • Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning veb-saytida mavjud. Joylash sanasi – 01.04.2024-yil
  • Savol-javoblar sessiyasi. Barcha savollar 08.04.2024 yilgacha elektron pochtaga yozma shaklda yuborilishi, javoblar 10.04.2024 yilgacha taqdim etilishi lozim.
  • Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 15.04.2024-yilga qadar Toshkent vaqti bilan 18.00 da taqdim etadi.
  • Takliflarni baholash – 18.04.2024-yilgacha
  • Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 22.04.2024-yilgacha.
  • Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 29.04.2024-yilgacha.

Sotib olinadigan kompyuter jihozlari roʻyxati:

• Noutbuk 40 dona

• Sistema bloki 90 dona

• Monitor 40 dona

• Klaviatura + sichqoncha 100 komplekt

• Klaviatura + simsiz sichqoncha 50 komplekt

Toʻlov valyutasi – soʻm;

Toʻlov tartibi: hisob-faktura rasmiylashtirilgandan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida 100% toʻlov qilinadi.

Mas’ul shaxs:

Raximov Kozimjon – Xaridlar boʻlimi.

Elektron pochta manzili:  Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Telefon: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2024-yil 15-aprel kuni 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda,  Kozim.Rakhimov@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi.

08.04.2024-yilga qadar potensial yetkazib beruvchi ushbu tenderda ishtirok etish uchun arizani (erkin shaklda) yuqoridagi elektron pochtaga yuborishi kerak.

Tender hujjatlarini olish uchun bu yerga bosing.