UZCARD Orol dengizi tubiga 2000 ta koʻchat ekadi

UZCARD Orolboʻyi ekotizimini muhofaza qilish dasturining ishtirokchisi boʻlish orqali Orolboʻyi mintaqasini qayta tiklash boʻyicha istiqbolli ijtimoiy tashabbusni qoʻllab-quvvatladi. UZCARD va loyiha tashabbuskori BMT Rivojlanish dasturi oʻrtasida 2000 ta saksovul koʻchatlarini ekish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Orol dengizi tubida choʻl oʻsimliklarini ekish birdaniga bir nechta ijobiy natijalarga olib keladigan istiqbolli dasturdir. Kuchliroq boʻlgandan soʻng, oʻsimliklar tuproqni ushlab turishga, tuzlar va qumlarning tarqalishini toʻxtatishga yordam beradi. Bu esa atrof-muhitni mahalliy aholi uchun yanada sogʻlomlashtiradi va yaxshilaydi. Bundan tashqari, qulay mikroiqlim himoyalangan hududda hayvonot va oʻsimlik dunyosining rivojlanishiga faol taʻsir koʻrsatadi.

UZCARD faoliyati ijtimoiy yoʻnaltirilgan boʻlib, u nafaqat moliyaviy texnologiyalar sohasidagi mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan. Kompaniya jamiyat va atrof-muhit oldidagi mas’uliyatni ham chuqur his qiladi. Chunki, aynan shu omillarga hozirgi va kelajak avlodlarning hayot sifati uzviy bogʻliqdir. UZCARDning mintaqadagi vaziyatni oʻzgartirishga yordam berish toʻgʻrisidagi qarori kompaniya xodimlari tomonidan faol qoʻllab-quvvatlandi. Ular Orol tubini yashillashtirish jarayonida bevosita ishtirok etish tashabbusi bilan chiqdilar.