MChJ «YUPM» kreativ agentlik tanlovini e’lon qiladi

Tenderning oʻtkazilish bosqichlari:

• 27/02/2024-yilgi tender hujjatlari doirasida buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlaydi va Tender Ishtirokchisiga taqdim qiladi.

• Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar paketini tayyorlaydi va buyurtmachiga yuboradi, Hujjatlar paketini taqdim etish muddati 11/03/2024-yil soat 17:00 gacha. 

• Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda, 15/03/2024-yilga qadar qabul qilingan takliflarni Texnik talablar va Texnik vazifalarga mosligiga texnik baho beradi.

• Buyurtmachi Ishtirokchilarga oxirgi narxlar soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi 19/03/2024-yildan kechiktirmay oʻzining oxirgi narx taklifini yuboradi.

• Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash muddati 02/04/2024-yil.

Tijoriy takliflar 11-mart 2024-yil soat 17:00 gacha,
quyidagi elektron pochta manziliga qabul qilinadi: Otabek.Safaev@uzcard.uz.
unda quyidagi hujjatlar paketi mavjud boʻlishi shart:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari roʻyxati;

– Texnik talablarning (mezonlarning) toʻldirilgan jadvali;

– talab qilinayotgan TT boʻyicha rasmiylashtirilgan tijoriy taklif;

– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan SHAT fayli.

Ishtirokchilar, barcha toʻldiruv formalarini oʻz ichiga olgan sotib olish hujjatlarini quyidagi havola boʻyicha yuklab olishlari mumkin.