Tanlov bosqichlari:
- Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tender hujjatlari doirasida tender ishtirokchisiga taqdim etiladi – 23/02/2024 y.
- Ehtimoliy yetkazib beruvchi hujjatlar to’plamini tayyorlaydi va uni buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar to’plamini topshirishning oxirgi muddati – 01/03/2024 yil soat 17:00 gacha.
- Buyurtmachi, mutaxassislar bilan birgalikda olingan takliflarning texnik talablar va texnik shartlarga muvofiqligini texnik tomonlama baholaydi, muddat – 03/06/2024 yilgacha.
- Buyurtmachi ishtirokchilarga yakuniy narxlar bo‘yicha so‘rov yuboradi, ishtirokchilar esa o‘zining yakuniy narx taklifinijo’natishadi, muddat – 08/03/2024 .
- Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 15/03/2024 yilgacha.
Tijorat takliflari 2024-yil 1-mart soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sischilar hujjatlari ro’yxati;
– texnik talablarning to’ldirilgan jadvali (mezonlari);
– tijorat taklifi, talab qilingan TT shakli bo’yicha;
– asosiy shartnoma talablari bilan to’ldirilgan КТС fayli.
Ishtirokchilar to’ldirish uchun barcha shakllarni o’z ichiga olgan xarid hujjatlarini havola orqali yuklab olishlari mumkin