“Yagona umumrespublika protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Yig‘ilish o‘tkaziladigan sana: 2024-yil 31-iyul
Yig‘ilish o‘tkaziladigan joy: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana – 2024-yil 26-iyul.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti – soat 11:45 dan 12:00 gacha.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishining boshlanish vaqti – soat 12:00.
Kun tartibi:
- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va kotibini tayinlash to‘g‘risidagi reglamentini tasdiqlash;
- Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi sanoq komissiyasining soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
- Jamiyat Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
- Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;
- Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash;
- Jamiyat Bosh direktorining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
- Jamiyat ijro organining vakolatlarini tijorat tashkilotiga o‘tkazish.
- Jamiyat Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish va uni yangi tahrirda tasdiqlash;
- Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy manzili bo‘yicha tanishishingiz yoki info@uzcard.uz elektron manziliga so‘rov yuborishingiz mumkin.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tkazish va unda ishtirok etish uchun aksiyadorlar o‘zlarida shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnomaga (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ega bo‘lishi kerak.
Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va ovoz berish xohishini bildirsa, masofaviy ovoz berishni tashkil etish maqsadida mazkur fakt haqida ushbu xabar e’lon qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay Jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishi zarur.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ Kuzatuv kengashi