“SMS-xabarnoma” xizmati doirasida Play Mobileda profilaktika

Yagona umumrespublika protsessing markazi SMS-xabarnoma xizmati doirasida hamkor kompaniya “Play Mobile” MChJ tomonidan olib borilayotgan texnik va profilaktik ishlar tufayli, mobil ilovalarga yangi UZCARD kartalarini ulashda hamda UZCARD kartalari orqali toʻlovlar haqida SMS-xabarlar kelishida qisqa muddatli uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, CardXabarBot orqali bildirishnomalar odatdagidek ishlaydi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.