2024-yil 23-yanvar kuni 2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 14-yanvargacha davom etgan UZCARD “Cheksiz NFC” aksiyasining baxtli g‘oliblari o‘z sovg‘alarini oldilar.
Taqdirlash marosimi doirasida Tailand, BAA va Shri-Lankaga ikki kishilik uchta sayohat, shuningdek, super sovrin – BYD Song Plus Champion Edition topshirildi. Elektromobil g‘olibi taqdirlash marosimidan so‘ng darhol mashinada oilasi bilan jo‘nab ketdi. An’anaga koʻra, UZCARD shaxsiy daromad soligʻini toʻlash boʻyicha barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi.
“Cheksiz NFC” aksiyasi davrida chiqarilgan va zarur shartlarga javob beradigan jami 222 mingdan ortiq kartalar ishtirok etdi. 2024-yil 16-yanvar kuni Riviera savdo markazida qimmatbaho sovg‘alar o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbirning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida aksiyada ishtirokchilar, xaridorlar, mehmonlar, maxsus komissiya vakillari ishtirok etdilar va jonli efir ham tashkil etildi. Aksiya Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi www.instagram.com/uzcard.uz UZCARD sahifasida, shuningdek promo.uzcard.uz aksiya veb-saytida jonli efirda namoyish etildi.
«Gʻalaba qilganimga chindan ishongim kelmayapti, ochigʻi nima boʻlganini haligacha tushunmayapman. Bularning barchasiga men UZCARD ofisiga kelib, kompaniya vakillari bilan uchrashganimdagina ishondim. Men aksiya haqida eshitgandim, unda yangi ish haqi kartam bilan qatnashdim va mashina yutib oldim. Orzularim ushaldi va bugun rafiqam va farzandim bilan yangi elektromobilimizda uyga qaytamiz”, — dedi g‘olib Doniyor Rasulov.
“Menga qoʻngʻiroq qilib, gʻalaba haqida aytishganda, ishonmadim! – tan oladi Svetlana Shaxnazaryan. Aksiya va sovrin – Tailandga ikki kishilik sayohat paketini yutib olish men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Qulay moliyaviy mahsulotlar va yoqimli sovgʻalar uchun UZCARDga rahmat. Ishonchim komilki, mening sayohatim unutilmas boʻladi”.
Bu so‘nggi bir yil ichida UZCARD tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi yirik aksiyadir. 2023-yilda kompaniya 18 ta Samsung Galaxy smartfonini, shuningdek, uchta Chevrolet Onix avtomobilini sovg‘a qildi.
UZCARD g‘oliblarni qutlaydi hamda barcha ishtirokchilar va karta egalariga ishonch, sodiqlik va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi! Biz bilan qoling va yangi aksiyalarimizda ishtirok eting.