«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJning 2023 yil uchun monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha yillik hisoboti

T/r

Zaruriy boʻlgan harakatlar

Amalga oshirilgan harakatlar

Tasdiqlash

I. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishini olini olish uchun mexanizmlar va huquqiy bazani yaratish

1.1.

Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini amalga oshirish tartibini belgilaydigan ichki qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. “YaUPM” MChJ tomonidan 29.12.2023 yildagi 198-son buyrugʻiga 1-ilova bilan Monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

1.2.

Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari talablarini buzish xavfini kamaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va bir yil muddatga tasdiqlash. “YaUPM” MChJ tomonidan 29.12.2023 yildagi 198-son buyrugʻiga 2-ilova bilan 2023 yil uchun Yoʻl xaritasi tasdiqlandi.

1.3.

Raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitish toʻgʻrisida xabar berish uchun moʻljallangan aloqa vositalarini oʻrnatish. Rasmiy saytda “Bogʻlanish ma’lumotlari” boʻlimida karta egalari uchun Koll-markazining telefon raqami (71 200 28 28) mavjud, shuningdek “Shoshilinch aloqa liniyasi” ning alohida raqami va elektron pochtasi manzili hamda firibgarlik, korrupsiya va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganlik holatlari boʻyicha uchinchi shaxslarning murojaatlarini olish uchun veb-sayt orqali murojaat qilish shakli mavjud (+998 71 203 43 34). https://uzcard.uz/hotline-uzcard

https://www.uzcard.uz/ru/contacts

 

 

1.4.

Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hisobotni sifatli va oʻz vaqtida taqdim etish va rasmiy saytga joylashtirish. Ushbu hisobot Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan ma’qullangandan soʻng rasmiy saytda e’lon qilindi.

II. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari talablarini buzish xavfini aniqlash, baholash va oldini olish byicha chora-tadbirlarni amalga oshirish

2.1.

Faoliyat bilan bogʻliq materiallarni oʻrganish natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar soni va hajmi (shu jumladan raqobat yoki iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini cheklaydigan me’yorlarni aniqlashga qaratilgan ichki hujjatlarni tekshirish).

 

2023 yilda “YaUPM” MChJ tomonidan:

– na monopol yuqori, na monopol past narxlar aniqlanmadi;

– usunlik qiluvchi mavqe yoki yuqori muzokara kuchini suiiste’mol qilish boʻlmadi;

– raqobatga qarshi bitimlar tuzish yoki boshqa raqobatdosh xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar bilan kelishilgan harakatlar qilishga urinishlar boʻlmadi;

– adolatsiz raqobat sifatida talqin qilinishi mumkin boʻlgan harakatlar boʻlmadi.

2.2.

Aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf etish va kelajakda ularning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrilgan choralar. 2023 yilda “YaUPM” MChJ Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni buzilishiga yoʻl qoʻymadi.

2.3.

Faoliyat davomida oldini olingan qonun talablarini buzish holatlari soni va yoʻnalishi. 2023 yilda tovarlar va xizmatlarni sotib olish jarayonida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 5 ta potensial buzilishi aniqlandi va oldini olindi.

– Tenderni asossiz cheklash – 1 holat.

– Tender ishtirokchilariga baholarning asossiz pasayishi – 1 holat.

– Tender ishtirokchilarining malakasiga asossiz talablar qoʻyilishi – 1 holat.

– Tender ishtirokchilariga baholarning asossiz pasayishi – 1 holat.

– Koʻrinadigan manfaatlar toʻqnashuvi – 1 holat.

Ushbu omillarni aniqlash va bartaraf etish jarayoni korporativ elektron pochta orqali ichki aloqada qayd etilgan.

2.4.

Tashkilot faoliyatida raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan aniqlangan omillar va ularni bartaraf etish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar. Ishlab chiqilgan xavf-xatar matritsasida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning turli qoidalarini buzish ehtimoli baholanadi. Asosiy kamchiliklardan biri manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish, kontragentlarni tekshirish va yangi tariflarni muvofiqlashtirish boʻyicha tartibga solinadigan tartib-taomillarning mavjud emasligi edi. Shu munosabat bilan “YaUPM” MChJ Ichki nazorat, komplayens va xavf-xatarlar xizmati tomonidan ushbu reglamentlar loyihalari ishlab chiqildi. 1-ilova Monopoliyaga qarshi komplayensni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan mahalliy me’yoriy hujjatlar roʻyxati

2.5.

Qabul qilinishi lozim boʻlgan ichki me’yoriy hujjatlar loyihalarini oʻrganish, ularda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan me’yorlarni bartaraf etish, shuningdek ularni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirish Marketing kompaniyalarini muvofiqlashtirish va shartnomalarni kelishish boʻyicha ichki me’yoriy hujjatlar loyihalarini tahlil qilish jarayonida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat va javobgarlik hisobga olinmaganligi aniqlandi. 1-ilovada muvofiqlikni ta’minlash uchun monopoliyaga qarshi komplayens uchun mas’ul shaxsning tashabbusi bilan zarur oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng ichki me’yoriy hujjatlar loyihalari keltirilgan. 1-ilova Monopoliyaga qarshi komplayensni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan mahalliy me’yoriy hujjatlar roʻyxati

2.6.

Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgarishlar munosabati bilan kompaniya hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va ularni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar. “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri tasdiqlangandan soʻng, “YaUPM” MChJning tegishli ichki reglamentlari tekshirildi, ushbu tekshiruv natijalariga koʻra “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri bilan ziddiyatlar aniqlanmadi. Biroq, ushbu qonunning yangi qoidalari kontragentlarni tekshirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan tartib-taomilda va 2024 yilda xarid tartib-taomilining yangi tahririda hisobga olinadi.

2.7.

Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlar. 2023 yilda “YaUPM” MChJning rasmiy saytida Kompaniya bosh direktorining murojaatini va monopoliyaga qarshi komplayensning ahamiyatini oʻz ichiga olgan e’lon qilindi. https://uzcard.uz/ru/news/post/obrashchenie-generalnogo-direktora

III. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish byicha davlat organlari va tadbirkorlik subektlari rahbarlarining faoliyati 

3.1.

Tashkilotga monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlashini ta’minlash maqsadida vakolatli shaxsni (boʻlinmani) tayinlash, zarur resurslar va boshqa moddiy-texnik baza bilan ta’minlash. 15.05.2023 yildagi 46-son buyruq bilan “YaUPM” MChJda monopoliyaga qarshi komplayensni “YaUPM” MChJga joriy etish uchun mas’ul shaxs – Ichki nazorat, komplayens va xavf-xatarlar xizmati direktori M.M.Ishonov tayinlandi.

3.2.

Tashkilot rahbarlari tomonidan tashkilot faoliyatining boshqaruv majlislarida va boshqa majlislarda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish. “YaUPM” MChJda Bosh direktor yuqori ijro etuvchi orgpn hisoblanadi. “YaUPM” MChJ Bosh direktori tomonidan monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish va uning ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi. Bundan tashqari, Bosh direktor iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha joriy masalalarni muhokama qilish va maslahatlashish uchun “YaUPM” MChJda monopoliyaga qarshi komplayens uchun mas’ul shaxs bilan doimiy uchrashuvlar oʻtkazib keladi. Ushbu uchrashuvlar 2023 yilda bayonnoma bilan rasmiylashtirilmagan, chunki bunga zaruriyat yoʻq edi. 2024 yilda ushbu uchrashuvlar monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha yillik hisobot uchun bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

IV. Xodimlarning raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish va ushbu sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ichki tartib-qoidalari toʻgʻrisida xabardorligi

4.1.

Hisobot yilida raqobat qonunchiligi boʻyicha xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish “YaUPM” MChJda ichki nazorat, komplayens va xavf-xatarlar xizmati direktori tomonidan kompaniya xodimlari uchun amaldagi raqobat qonunchiligi sohasidagi bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha trening oʻtkazildi. Ushbu treningda xaridlar, marketing, tijorat, axborot xavfsizligi boʻyicha boʻlimlar vakillari ishtirok etdi. 2-ilova Monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha treningda olingan fotosuratlar

4.2.

Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish uchun tashkilot xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus ta’lim dasturlari va qoʻllanmalarining mavjudligi. Ichki nazorat, komplayens va xavf-xatarlar xizmati tomonidan “YaUPM” MChJ xodimlariga monopoliyaga qarshi komplayens mohiyatini va “YaUPM” MChJga qoʻllaniladigan asosiy talablarni tushunishga yordam beradigan trening materiallari ishlab chiqildi.. 3-ilova Monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha trening materiallari

 

Bosh direktor  Zakirov O. A.

 

Tayyorladi:

Ichki nazorat, komplayens va xavf-xatarlar xizmati direktori   Ishonov M.M.