Mazkur shartnomaga muvofiq, har ikki tomonning sa’y-harakatlari samarali uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyiha va tadbirlarni tashkil etish orqali yuqori malakali kadrlarni jalb etish va tayyorlashga yo‘naltiriladi.
Bu UZCARD uchun birinchi hamkorlik shartnomasi emas. Kompaniyada ta’limdan tortib sportgacha bo‘lgan turli sohalarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish siyosati tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Kompaniyamiz uchun mamlakatimiz taraqqiyoti – bugun erishayotgan yutuqlari bilan kelajakka mustahkam poydevor qo‘yayotgan yoshlardadir.