UZCARD professional tennischi Darya Shubina bilan unga homiylik yordami koʻrsatish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Hozirgi vaqtda kompaniya uchun mamlakatda sport sohasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshish uchun yana bir imkoniyat paydo boʻldi. Katta tennis ulkan kelajakka ega boʻlgan istiqbolli va qiziqarli sport turlaridan biri hisoblanib, ushbu turga yosh sportchilarni jalb qilish yangi ajoyib iste’dodlarni ochish imkoniyatini beradi.
Kompaniya ushbu homiylik yordami sportchiga turnirlarga professional tayyorgarlik koʻrish, turnir taqvimini oqilona tarzda tuzish va tobora koʻproq gʻalabalarni qoʻlga kiritish uchun yaxshi imkoniyat berishiga ishonadi.
Darya Shubinaning 2023 yildagi asosiy yutuqlari:
J60 Fujairah 2023 Tennis Tournament turniri finalchisi (BAA, 2023 yil yanvar);
J60 Dubai 2023 Tennis Tournament turnirining juftlik bahslari finalchisi (BAA, 2023 yil yanvar);
J60 Cholpon-Ata 2023 Tennis Tournament turnirining juftlik bahslari gʻolibi (Issiqkoʻl Qirgʻiziston, 2023 yil iyun);
J60 Fergana 2023 Tennis Tournament turnirining yakkalik va juftlik bahslari gʻolibi (Oʻzbekiston, 2023 yil iyun).
Sport bilan shugʻullanish va sogʻlom turmush tarzi – koʻp yillar davomida UZCARD korporativ madaniyatining ajralmas qismidir. Kompaniya sportni rivojlantirish respublikada yanada muhim ahamiyat kasb etishi, yoshlarning boʻsh vaqtlarini sogʻliq uchun foydali ish bilan band qilish, boʻlajak chempionlarni faolroq tarbiyalash uchun bor kuchini ishga solmoqda. Har yili kompaniya sport loyihalari va sport-ommaviy tadbirlarga homiylik qiladi, xayriya yordami koʻrsatadi.
Misol uchun, UZCARD “Paxtakor” futbol klubining rasmiy hamkoriga aylandi va bu haqida tegishli kelishuv imzolandi. Shartnoma doirasida kompaniya klubga homiylik qiladi, rivojlanishda yordam beradi va futbolni ommalashtirishga koʻmaklashadi.
UZCARD xayriya marafonlarining doimiy ishtirokchisi boʻlib, asosiy ustuvor vazifalari sifatida havaskor sportni ham rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishni belgilaydi. Ushbu masalada kompaniya xodimlarning oʻzlari – sogʻlom turmush tarzi elchilari faol pozitsiyani egallaydilar. Shuning uchun biz har doim muhim va foydali tashabbusga hissa qo’shishdan mamnunmiz.