UZCARD xodimlari xayriya marafonida qatnashdilar

5 noyabr kuni UZCARD xodimlari Samarkand Marathon xalqaro xayriya yugurishda ishtirok etdilar.

Kompaniyaning turli boʻlimlari xodimlari 10 va 21 kilometr masofaga yugurishda qatnashdilar. Sport tajribasidagi farqga qaramay, mutlaqo barcha yuguruvchilar kuchli quvvat zaryadiga ega boʻldilar, oʻzlarini chidamlikka sinab koʻrdilar, jamoaviy ruhni mustahkamladilar va unutilmas taassurotlar oldilar. Ayniqsa, marafon marshrutlari tashkilotchilar tomonidan shaharning eng chiroyli joylarini qamrab oladigan tarzda tanlangan edi.

UZCARD xayriya yugurushlarining doimiy ishtirokchisi hisoblanib, sport yoʻnalishlarini rivojlantirish, professional va havaskor sportni qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish asosiy ustuvor vazifalar qilib belgilaydi. Ushbu masalada xodimlarning oʻzlari – sogʻlom turmush tarzi elchilari faol pozitsiyani egallaydilar. Shu sababli, hamma muhim va foydali tashabbusga javob berishdan, nafaqat oʻzlarining sport, balki insoniy salohiyatlarini ham qoʻllab-quvvatlashdan xursand edilar.

Samarkand Marathon – har yili Samarqandda oʻtkaziladigan xayriya marafoni. Bu yil yugurish beshinchi marta boʻlib oʻtdi va turli mamlakatlardan 5000 yaqin ishtirokchilarni jalb qildi. Tadbirning xayriya maqsadi bolalar sport maydonchalari qurilishiga qoʻshgan hissasi boʻldi, chunki yosh avlodga gʻamxoʻrlik marafon tashkilotchilarining ijtimoiy-xayriya faoliyatining muhim qismidir.