UZCARD «Cheksiz NFC» aksiyasini boshlaydi

2023 yil 1 noyabrdan UZCARDning «Cheksiz NFC» yangi aksiyasi boshlanadi. Endi UZCARD NFC kartasini ochib va 200 000 soʻmdan ortiq bir martalik to’lovni amalga oshirib qishki ta’tilni issiq o’lkalarda oʻtkazish yoki avtomobilning baxtli egasiga aylanish juda oson.

Aksiyada UZCARD NFC qoʻllab-quvvatlaydigan 5614**** yangi kartalari, shuningdek 2023 yil 01 noyabrdan 31 dekabrgacha davrda chiqarilgan barcha UZCARD kobeyj kartalari egalari ishtirok etadi.

Foydalanuvchi aksiyaning butun amal qilish davri davomida terminallar orqali tovarlar va xizmatlar uchun bir martalik toʻlovni amalga oshirishi, shu jumladan onlayn toʻlovlarni amalga oshirishi, pul oʻtkazmalarini yoki naqd pul yechib olish operatsiyalarini va bankomatda kamida 200 000 soʻmlik toʻlovlarni amalga oshirishi kerak. Aksiyada ishtirok etish karta egalariga kontaktsiz texnologiyalardan maksimal qulay foydalanish va bunda aksiyaning asosiy sovrinlaridan: BYD Song Plus Champion Flagship yoki BAA, Tailand va Shri-Lankaga ikki kishilik sayohat yutib olish imkoniyatini beradi.

Taklifdan foydalanish va kartani ochish uchun mijoz shunchaki pasport bilan quyidagi banklarning boʻlimlaridan biriga kelishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (NBU)

«Agrobank» ATB

«Garant bank» AJ

«Hamkorbank» ATB

«Ziraat Bank Uzbekistan»

«Kapitalbank» ATB

AT «Xalq banki»

«Poytaxt Bank» AJ

«UNIVERSAL BANK» ATB

«Mikrokreditbank» ATB

«Oʻzsanoatqurilishbank» ATB

«Ipoteka-bank» ATIB,

«Qishloq qurilish bank» ATB,

«Ipak Yo’li» AITB,

«Trastbank» XAB,

«KDB Bank Uzbekistan» AJ

«Asia Alliance Bank» ATB

«Davr-bank» XATB

«HAYOT BANK»

«Turonbank» ATB

«Aloqabank» ATB

«ANOR BANK» AJ

UZCARD hammaga omad tilaydi!

Quyidagi telefon raqami orqali barcha qoʻshimcha ma’lumotlarni olish, shuningdek aksiya qoidalari bilan tanishish mumkin: +998 71 200 28 28.