UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari bankomatlarining integratsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi

UZCARD xizmatlarini foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq qilish maqsadida, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari bankomatlarining oʻzaro integratsiyalash jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi.

Barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala toʻlov tizimining kartalarini qabul qilishlari uchun ularning unifikatsiyasi bajarildi.

Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston boʻylab oʻrnatilgan barcha bankomatlarga ushbu opsiya kiritilgan va mahalliy UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari kartalari, shuningdek Visa, Mastercard va UnionPay xalqaro bank kartalari boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish va ulardan naqd pul yechish imkoniyatini bermoqda.