Endi Koreyadan pul o‘tkazmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri UZCARD kartangizga yuborilishi mumkin

Hanpass servisi Koreyadan O‘zbekistonga UZCARD kartalariga pul o‘tkazmasini, shu jumladan, barcha turdagi kobeydj kartalarga bir necha klik yordamida tez va xavfsiz tarzda yuborish imkonini beradi!

Komissiya, o‘tkazma summasidan qat’iy nazar, atigi 2 500 Koreya vonini tashkil qiladi.

Bitta tranzaksiya summasi – 56 000 so‘mdan 10 000 000 so‘mgacha. Oylik limit – 100 000 000 so‘m.

Yuboruvchiga faqat sizning UZCARD kartangiz raqami kerak bo‘ladi.

Hanpass ilovasi kechayu kunduz qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ega. O‘zbek va rus tillarida operatorlar onlayn qo‘ng‘iroq hamda chat orqali yordam berishga doim tayyor.

UZCARD foydalanuvchilari uchun butun dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari kundan kunga qulay bo‘lib bormoqda!